Sport | 20:20 / 25.08.2019
8297
2 daqiqa o‘qiladi

«Siti» ishonchli g‘alabaga erishdi va «Liverpul»ni ta'qib qilishda davom etdi

APLda 3-tur o‘yinlari davom etmoqda.

Amaldagi chempion «Manchester Siti» mehmonda «Bornmut»ni 3:1 hisobida yengdi. Serxio Aguero ikkita, Rahim Sterling bitta golga mualliflik qildi. «Bornmut»ning yagona golini Harri Uilson jarimadan urdi.

«Siti» safida 400-o‘yinida maydonga tushgan David Silva o‘yinda ikkita golga assistentlik qildi. Kevin De Bryuyne esa Premer-Ligadagi 50-assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yib, bunday natijaga eng tez erishgan futbolchiga aylandi.

Bu g‘alabadan keyin «Manchester Siti» ochkolari sonini 7taga yetkazdi va Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida «Liverpul»dan keyingi ikkinchi o‘ringa joylashdi. «Bornmut» 4 ochkosi bilan 10-o‘rinda qoldi.

Angliya chempionati
3-tur
Bornmut – Manchester Siti 1:3
(1:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 15 Aguero, 0:2 – 43 Sterling, 1:2 – 45 Uilson, 1:3 – 64 Aguero.
Bornmut – Remsdeyl, Deniels (Uilson, 37), Mifem, Kuk, Smit (Ayb, 68), Freyzer, Lerma, Billing, Ake, Uilson (Solanke, 69), King.
Manchester Siti –    Ederson, Zinchenko, Laport, Otamendi, Uoker (Joau Kanselu, 90), Silva, de Bryuyne, Bernardu Silva (Mahrez, 79), Gundo‘g‘an (Rodri Ernandes, 58), Sterling, Aguero.
Ogohlantirishlar: Uoker (10), Ederson (13), Lerma (56), Otamendi (90).

Mavzuga oid