Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YuNeSKO Bosh direktori Samarqandga keldi
26 avgust kuni Samarqand shahrida «Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolari va ularni hal qilish strategiyasi» mavzusida xalqaro konferensiya hamda «Sharq taronalari» o‘n ikkinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimi o‘tkaziladi.
Mazkur tadbirlarda ishtirok etish uchun 25 avgust kuni Samarqandga BMTning Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YuNeSKO) Bosh direktori Odri Azule xonim tashrif buyurdi.
O‘zA xabar berishicha, yuqori martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘ribosari Aziz Abduhakimov va Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov kutib oldi.

YuNeSKO BMTning 17ta ixtisoslashgan muassasalaridan biri bo‘lib, 1945 yil 16 noyabrda tuzilgan. Tashkilotning bosh qarorgohi Parij shahrida joylashgan. Bugungi kunda YuNeSKOga 195 mamlakat a'zo. O‘zbekiston tashkilotga 1993 yil 26 oktyabrda a'zo bo‘lgan.
O‘zbekiston bilan ushbu tashkilotning hamkorligi izchil rivojlanmoqda. O‘zbekiston YuNeSKO Ijroiya kengashi tarkibiga ikki marta saylangan.
Samarqandda 26 avgust kuni o‘tkaziladigan xalqaro konferensiya hamda «Sharq taronalari» musiqa festivali ham YuNeSKO shafeligida tashkil etilmoqda.
Mavzuga oid
10:21 / 09.04.2026
Samarqanddagi qurilishda ishchini tuproq bosib qoldi
14:02 / 08.04.2026
“Qo‘lingni sindiraman”: Samarqandda o‘quvchilarga tahdid qilgan ona ustidan tekshiruv boshlandi
13:39 / 07.04.2026
Samarqandda «kar haydovchi tahqirlangani» haqidagi video sahnalashtirilgani ma’lum bo‘ldi
11:30 / 05.04.2026