Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada Janubiy Koreyada ishlashga imkon beruvchi xalqaro universitet tashkil etiladi
23 avgustda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining “Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Adliya vazirligi Telegram-kanal’ida xabar qilindi.
Qarorga ko‘ra, Farg‘onada Sejong xalqaro universitetining filiali ochiladi. Yangi universitet xalqaro ta'lim standartlari darajasida iqtisodiyot va sanoatni rivojlantirish bo‘yicha muhim masalalarni hal qila oladigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlaydi.
Universitetda ta'lim kunduzgi shaklda amalga oshiriladi va koreys, ingliz va o‘zbek tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bitiruvchilarga O‘zbekistonda va Janubiy Koreyada tan olinuvchi belgilangan namunadagi diplomlar beriladi. Oliy ta'lim muassasasi saytida o‘qish uchun to‘lov fakultetga bog‘liq ravishda 2800-3000 dollarni tashkil qilishi ko‘rsatilgan.
Universitet saytida ilk talabalar 2019/2020 o‘quv yilidan qabul qilinishi ko‘rsatilgan. Birinchi yil ta'lim muassasasida 9 ta yo‘nalish bo‘yicha, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab 14 ta yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.
Dastlab bu yerda maktabgacha ta'lim, turizm menejmenti, kompyuter dasturlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, arxitekturaviy loyihalash, elektr energetika, avtomobilsozlik, koreys tili, go‘zallik industriyasida menejment ta'lim yo‘nalishlari ochiladi.
Universitet rektori Pak Juun Xuning ta'kidlashicha, joriy yilda ta'lim muassasasiga mingga yaqin talaba qabul qilinadi. Universitet diplomlari Janubiy Koreyada ham tan olinib, u yerda ishlash huquqini beradi.
Mavzuga oid
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026