O‘zbekiston | 07:53 / 27.08.2019
15832
2 daqiqa o‘qiladi

Onlayn auksion orqali 3 mlrd so‘mlik avtomobil raqamlari sotildi

Foto: KUN.UZ

2019 yilning 19-25 avgust kunlarida “O‘zRTXB” AJ da 856,1 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi, bu esa avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 11,9 %ga yuqori. Kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 9,7 %ga o‘sib, 464,0 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Shu jumladan, birja savdolarining hajmi 655,4 mlrd so‘mdan 742,6 mlrd so‘mga oshdi. Valuta savdo maydonchasi orqali deyarli 2,9 mln AQSh dollarga teng tovarlar sotildi, bu esa avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 31,8 %ga yuqori. Eksportning tarkibida polietilenning turli markalari 63 %, paxta tolasi 27 %, va boshqa mahsulotlar 10 %ni egallashdi.

Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi kichik o‘sish bilan 33,1 mlrd so‘mga yetdi. Kichik biznes sub'yektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar 3,6 mlrd so‘mni yoki tuzilgan bitimlarning 10,1 %ni egalladi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 682 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,0 mlrd so‘mni tashkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 20,5 % birinchi toifadagi avtoraqamlarga 45,9 % ikkinchi va 33,6 % uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Mavzuga oid