Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Auksion orqali «Lasetti» olib beraman deb firibgarlik qilgan shaxs qo‘lga olindi - IIV
2019 yil 25 avgust kuni Andijon shahar IIBga hujjatlar to‘plami tushgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Unda 2017 yil may oyida Andijon shahar A.Qodiriy ko‘chasida yashovchi 62 yoshli U.S. tanishi, Ulug‘bek 3-tor ko‘chasida yashovchi 51 yoshli X.A.ga auksion orqali “Lasetti” rusumli avtomashina olib berishini aytib, undan 58 500 000 so‘m pulini olganligi va bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, U.S. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:27 / 26.06.2026