Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva: yaponiyalik jahonga mashhur arxitektor O‘zbekiston Davlat san'at muzeyini rekonstruksiya qilishning dizayn konsepsiyasini yaratadi
Yaponiyalik jahonga mashhur arxitektor, Pritsker mukofoti sohibi Tadao Ando O‘zbekiston Davlat san'at muzeyini rekonstruksiya qilishning dizayn konsepsiyasini yaratadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva o‘zining Feysbukdagi sahifasida ma'lum qildi.
Uning qayd etishicha, tegishli shartnoma O‘zbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 26 avgust kuni Osaka shahrida imzolandi.

Mirziyoyevaning ma'lumot berishicha, Ando zamonaviy binolarni loyihalashtirishda o‘ziga xos milliy estetik jihatlarni qo‘llaydi. Me'morning eng taniqli ishlari orasida Italiya, Fransiya, AQSh, Yaponiyadagi teatrlar, muzeylar va san'at markazlari dizaynlari bor.



Mavzuga oid
23:22 / 10.07.2026
«Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi
17:38 / 10.07.2026
Og‘ir vaziyatga tushgan ayollar davlat ularning qismatiga befarq emasligini his qilishi kerak - Saida Mirziyoyeva
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
17:16 / 01.07.2026