Jahon | 08:03 / 28.08.2019
60945
2 daqiqa o‘qiladi

Suriya, Iroq va Afg‘onistonda IShIDning qancha jangarisi borligi ma'lum qilindi  

Foto: EPA-EFE/STR

Suriyada ayni vaqtda IShID jangarilari va ularning tarafdorlari soni 3 mingga yaqinni tashkil qilmoqda. Bu haqda BMT Xavfsizlik kengashida Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Gennadiy Kuzmin ma'lum qildi.   

Shuningdek, Kuzmin Iroq va Afg‘onistonda IShIDning qancha jangarisi borligini ham ma'lum qilgan.   

“Ayni vaqtda IShIDning Iroqdagi jangovar bo‘linmalari 40 ga yaqin davlatdan, asosan Yaqin Sharq, Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyo hamda Rossiya va MDH davlatlaridan 2 mingga yaqin jangariga ega”, deb ta'kidlab o‘tgan rossiyalik diplomat. 

Kuzminning ta'kidlashicha, IShIDning Afg‘onistondagi o‘zagini 4 mingga yaqin jangari tashkil qiladi.    

“Ishidchilar mintaqaning qolgan davlatlariga kirib borish uchun Afg‘onistonni platsdarmga aylantirish uchun faol qadamlar amalga oshirmoqda. Terrorchilik tuzilmasining o‘zagini asosan Kunar va Nangarhor viloyatlarida mujassamlashgan 4 mingdan ko‘proq jangari tashkil qiladi”, deb aytgan Kuzmin. 

Uning ta'kidlashicha, jangarilar Afg‘onistonning shimoliy va sharqiy hududlarida harakat qiladilar. 

“Yoshlarni, mahalliy va hududiy terrorchilik guruhlari, jumladan “Tolibon” harakati va “Hizb ut-Tahrir”dan dala qo‘mondonlarini yollash, Yaqin Sharqdagi jangovar harakatlar hududlaridan jangarilarni qabul qilish faol olib borilmoqda”, deb ta'kidlab o‘tgan Rossiya vakili.

“Eng xavfli vaziyat Afg‘onistonning Tojikiston va Turkmaniston bilan chegaradosh hududlarida vujudga kelmoqda, bu yerda ishidchilar soni 1,3 mingga yaqinni tashkil qiladi”, deb qo‘shimcha qilgan Kuzmin. 

Mavzuga oid