Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 40 foizga oshdi
Foto: TIV axborot xizmati
2019 yilning 29 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatda diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Eron Islom Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Bahman Og‘oroziy Do‘rmoniyni qabul qildi.
TIV xabariga ko‘ra, vazir elchini qutlab, uni O‘zbekistondagi to‘rt yillik missiyasi muvaffaqiyatli yakunlayotganligi bilan tabrikladi hamda uning faoliyati samarali bo‘lgani va O‘zbekiston-Eron munosabatlarini mustahkamlash va kengaytirishga xizmat qilganini qayd etdi. Savdo-iqtisodiy, investitsion aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashdi.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 213,8 million AQSh dollarini tashkil etib, 2018 yilning shu davriga nisbatan qariyb 40 foizga oshdi.
O‘z navbatida, elchi O‘zbekistondagi missiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun yaratilgan qulay sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdi.
Mavzuga oid
21:59 / 15.04.2026
AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozi qamalini davom ettirsa, Eron uchta dengizni yopish bilan tahdid qildi
19:52 / 15.04.2026
Tramp va Lev XIV bahsi. Voqealar zanjiri
09:25 / 15.04.2026
Tramp: Eron bilan mojaro tugashiga oz qoldi
08:50 / 15.04.2026