Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maishiy gaz ballonini avtobusga ulab, harakatlanishda davom etgan haydovchi bo‘yicha ma'lumot berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining "innovatsion" g‘oyasi bilan "mashhur" bo‘lgan avtobus zudlik bilan jarima maydoniga olib kirilib, haydovchining qilgan ishi bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Haydovchi A.A.ning aytishicha, u o‘ziga biriktirilgan “Shahrixon yo‘lovchi Trans” MChJ korxonasiga tegishli Isuzu avtobusida Andijon shahar 1-yo‘nalishda Navoiy shoh ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan paytda gaz yoqilg‘isi tugab o‘chib qolgan. Shundan so‘ng haydovchi mashinani yoqilg‘i quyish shoxobchasigacha olib borish maqsadida atrofdagi xonadonlarning biriga kirib, maishiy gaz ballonini iltimos qilib olib chiqqan va o‘zboshimchalik bilan avtobusga ulagan. Gaz ballonini bo‘shatib bo‘lgach, harakatni davom ettirgan. O‘sha paytda avtobusda bo‘lgan yo‘lovchilar tushirib yuborilgan.
Ushbu masala yuzasidan Andijon viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i shaxsan voqea joyiga chiqib o‘rganish o‘tkazdi va viloyat YHXB bilan tegishli choralar ko‘rildi, deyiladi vazirlik xabarida.
Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:27 / 26.06.2026