O‘zbekiston National Geographic Traveler Awards 2019 tanlovida «Yil kashfiyoti» nominatsiyasida ishtirok etmoqda
Armaniston, Tayvan, Ummon, Ruminiya hamda O‘zbekiston “National Geographic Traveler Awards 2019” tanlovining “Yil kashfiyoti” nominatsiyasida g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar qildi.
National Geographic jurnali'ning Rossiyadagi versiyasiga ko‘ra, joriy yilda eng yaxshilar 24 nominatsiya bo‘yicha saralanmoqda. Mazkur mukofotni qo‘lga kiritish xalqaro turizm olamida katta nufuzga ega.
“Yil kashfiyoti” nominatsiyasida O‘zbekiston hozircha 22 foiz ovoz olib, 43 foiz ovozga ega Armanistondan keyin ikkinchi o‘rinda kelmoqda. Uchinchi o‘rinda 17 foiz ovoz bilan Ruminiya mamlakati qayd etilgan. To‘rtinchi va beshinchi pog‘onalarni 9 foiz ovoz bilan Tayvan hamda Ummon egallamoqda.
Ta'kidlash joizki, “National Geographic Traveler Awards”ning o‘tgan yilgi tanlovida O‘zbekiston “Gastronomik turizm” yo‘nalishida g‘olib sifatida e'tirof etilgan edi.
Bu yilgi ovoz berish jarayoni 12 oktyabrga qadar davom etadi. O‘zbekiston turizmining jahon sahnida yuksalishiga o‘z hissangizni qo‘shing va uning “Yil kashfiyoti” nominatsiyasida g‘olib bo‘lishi uchun quyidagi havola orqali ovoz bering.
Mavzuga oid
23:32 / 13.11.2024
Florensiya «haddan ziyod turizm»ga qarshi kurash bo‘yicha yangi choralar qabul qildi
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
10:26 / 03.11.2024
O‘zbekistonga xorijdan kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi
22:45 / 24.10.2024