KXDR AQSh bilan muloqot borasidagi «umidlar so‘nayotganini» ma'lum qildi
Shimoliy Koreya va AQSh o‘rtasidagi muloqotni yangilash borasidagi umidlar so‘nmoqda, deyiladi KXDR tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Tsoy Son Xining bayonotida.
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning KXDRning «bezoriliklari» to‘g‘risidagi jumlasiga Shimoliy Koreya ana shunday javob qaytardi. Tsoy Son Xining bildirishicha, amerikalik amaldorning so‘zlari ikki mamlakat o‘rtasida rejalashtirilgan muzokaralar o‘tkazilishini murakkablashtirgan va KXDR aholisining salbiy munosabatiga sabab bo‘lgan.
«AQSh bilan muloqot borasidagi umidlarimiz borgan sari so‘nib bormoqda va bizni ilgari zimmamizga olgan majburiyatlarni qayta ko‘rib chiqishga undamoqda», — deyiladi bayonotda.
O‘tgan haftada KXDR tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo Pompeoning Pxenyanga nisbatan sanksiyalar to‘g‘risidagi so‘zlari uchun tanqid qilgan va uni AQSh diplomatiyasining «zaharli o‘simligi» deb atagandi.
Mavzuga oid
19:22
Amerikalik harbiy xizmatchilar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ortdi
19:12
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024