Özbekiston tizimli islohotlarini boşqa mamlakatlardan köra keçroq boşlagan bölsa-da, ötiş davri iqtisodiyotiga ega boşqa mamlakatlar tajribasidan muhim saboqlarni olişi mumkin, deb hisoblaydi Jahon banki mutaxassislari. Rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam beruvçi yirik xalqaro moliya taşkiloti yaqinda Özbekiston iqtisodiyotiga bağişlangan yangi hisobotini taqdim etdi. Unda ötgan 2018 yil va joriy 2019 yilning birinçi yarmida mamlakatda yuz bergan makroiqtisodiy, ijtimoiy va tarkibiy özgarişlar hamda yaqin 2 yil – 2021 yilgaça bölgan istiqbollar keng şarhlanadi.
UzAnalytics mazkur hisobotning Özbekiston iqtisodiyoti istiqbollari, xavflar va iş örinlarini yaratişga bağişlangan boblarining muhim jihatlari va asosiy xulosalarini e'tiboringizga havola etadi.
Iqtisodiy istiqbollar va xavflar
Ijobiy iqtisodiy istiqbollar
Özbekiston iqtisodiyotining ösiş sur'atlari sekin, ammo ijobiy bölib qolmoqda. Islohotlar işlab çiqarişdagi çeklovçi omillarni (tösiqlarni) bartaraf etiş va yuqori ösiş potensialiga ega tarmoqlarni liberallaştirişga yordam beradi. Meva-sabzavotçilik, turizm, oziq-ovqat sanoati, töqimaçilik va kimyo sanoati şunday tarmoqlar qatoriga kiradi. Biznesda soliq yukining sezilarli darajada kamaytirilişi zikr etilgan jarayonlarni yanada qöllab-quvvatlaydi. 2019–2020 yillarda narx-navoning liberallaşuvi va oylik iş haqi oşirilişi sababli inflatsiya yuqori darajada saqlanib qoladi. Biroq 2021 yilga borib u pasayişi kutilmoqda. Jahon banki prognozlariga köra, taşqi savdo balansining salbiy saldosi yuqoriligiça qoladi. Sababi, Özbekiston iqtisodiyoti kelgusi bir neça yilda işlab çiqarişni modernizatsiya qiliş uçun köplab maşina va uskunalarni import qilişni davom ettiradi.
Kreditlarning haddan taşqari ösişi barqarorlikka tahdid solişi mumkin
Jahon banki jamoasi fikriga köra, kreditlarning davomli va haddan taşqari ösişi inflatsiya bosimini kuçaytiradi va bu makroiqtisodiy barqarorlik uçun asosiy xavflardan biridir. Ekspertlarga köra, Özbekiston hukumati moliyaviy intizomni saqlaş uçun maqsadli kreditlar hajmini kamaytiradi. Bundan taşqari, barqaror iqtisodiy ösiş va pul ötkazmalari oqimi mamlakatda asta-sekin qaşşoqlikni qisqartirişga yordam berişi ham kutilyapti. Davlatning ijtimoiy siyosatdagi özgarişlari kam daromadli oilalarni qöllab-quvvatlaş dasturlarini yanada kengaytiriş orqali qaşşoqlikni kamaytirişi mumkin. 2019 yilda Özbekiston hukumati ijtimoiy himoya xarajatlarini 50 foiz oşirdi.
Mavzuga oid
Makroiqtisodiy xavflar
Bank ekspertlari fikriça, ayrim tovarlar narxining jahon bozorida kötarilişi va olib borilayotgan islohotlar tufayli Özbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiyalar köpayişi uçun qulay istiqbollar mavjud, biroq salbiy omillar xavfi ham saqlanib qolmoqda. Ular quyidagilarni öz içiga oladi:
· Özbekistonning asosiy savdo hamkorlari: Rossiya, Xitoy va Qozoğistonda iqtisodiy ösişning ança zaifligi;
· tarkibiy va tizimli islohotlarni amalga oşirişning keçikişi;
· inflatsiyaning ösişi.
Mamlakatning yetarli darajadagi valuta zaxiralariga egaligi va davlat taşqi qarzining nisbatan kamligi sabab iqtisodiyotning taşqi barqarorlik xavfi örtaça böladi. Islohotlarning keyingi bosqiçi davlat korxonalari va moliya sektori, qişloq xöjaligi uçun möljallanmagan yerlarni xususiylaştiriş va qişloq xöjaligidagi islohotlar kabi ança murakkab muammolarni hal qilişga qaratilgan. Uşbu islohotlar iqtisodiy özgarişlar, iqtisodiy ösişni qöllab-quvvatlaş va iş örinlarini yaratiş uçun muhim ahamiyat ega. Şu bilan birga, ular puxta nazorat qilinişi kerak bölgan muhim iqtisodiy va ijtimoiy xavflarni ham qamrab oladi.
Asosiy e'tibor iqtisodiy ösiş va iş örinlari yaratişga qaratilişi kerak
Mehnat bozoridagi jiddiy muammolar
Özbekiston iqtisodiyotida yiliga qariyb 280 mingga yaqin yangi iş örni yaratiladi. Demografik sabablarga köra esa har yili deyarli 600 mingta iş örni taşkil etilişi kerak. Şu bois, iqtisodiyotda har yili yaratilayotgan iş örinlari mehnat bozoriga kirib kelayotgan yangi işçilarni band qiliş uçungina ikki baravar oşirilişi lozim. Aksariyat iş örinlari yangi korxonalarni taşkil etiş hamda mavjud korxonalarni yanada kengaytiriş hisobiga yaratilişi zarur. Hisobot mualliflari Özbekiston mehnat bozorida quyidagi tarkibiy va tizimli kamçiliklar borligini ta'kidlaydi:
· mehnatga bölgan rağbatning sustligi;
· xodimlar malakasining yetarli emasligi;
· korxonalarda xodimlarni texnik könikmalarga öqitiş böyiça imkoniyatlarning yetişmasligi;
· yoşlar örtasida işsizlik darajasi yuqoriligi;
· iqtisodiy faol bölmagan aholi uluşining köpligi;
· uzoq davom etayotgan işsizlik;
· iş kuçining çeklangan safarbarligi.
Iqtisodiy ösiş – yangi iş örinlarini yaratiş uçun asosiy omil
Yaxşi naf beradigan iş örinlari yaratilişi iqtisodiy rivojlaniş va aholi turmuş darajasini oşirişning muhim şartidir. Mehnat unumdorligi va bandlikning ortişi aholi jon boşiga YaIM singari muhim körsatkiçning ösişiga xizmat qiluvçi ikkita asosiy omildir. Aholi jon boşiga daromadlari eng yuqori bölgan mamlakatlarda sönggi ikki asr davomida mehnat unumdorligi keskin ösib borayotganini köriş mumkin. Mehnat unumdorligining bunday ösişi “samaraliroq” yoki yuqori maoşli iş örinlari yaratilişiga olib keldi. Aholi jon boşiga hisoblangan YaIM aslida butun aholi mehnati samaradorligi (unumdorligi) körsatkiçidir. Yuqori va past daromad darajasiga ega mamlakatlarda aholi jon boşiga YaIMdagi farqlar mamlakatlar örtasidagi mehnat unumdorligi darajalaridagi farqlarni ifodalaydi.
Mehnat unumdorligi ortişi YaIM ösişining asosiy omili böldi
Özbekistonda 1996 yildan 2016 yilgaça bölgan muddatda aholi jon boşiga YaIMning kumulyativ ösişi 165 foiz deb qayd etilgan.
Uşbu davrda bir xodimga nisbatan mahsulot işlab çiqarişning umumiy hajmi, taxminan, 150 foiz oşdi. Uşbu davrda aholi jon boşiga YaIMning ösişi, asosan, mehnat unumdorligi ösişi va demografik özgarişlar tufayli yuz berdi. Ammo uşbu davrda iqtisodiy faol aholiga nisbatan bandlik darajasi, şuningdek, mehnatga layoqatli aholiga nisbatan iqtisodiy faol aholi darajasi pasaydi. Özbekistonda mehnat unumdorligi ösişi tarmoqlar örtasidagi resurslar almaşinuvi hisobiga emas, asosan, tarmoqlar içida yuz berdi.
Iş örinlarini yaratiş sur'ati iqtisodiy faol aholining ösişidan orqada qolmoqda
1996 yildan 2016 yilgaça qöllangan «özbek modeli» tez ösib borayotgan iqtisodiy faol aholi uçun yetarli bölgan iş örinlari yaratib bera olmadi. Ayniqsa, sanoatning işlab çiqariş tarmoqlarida yangi iş örinlarini yaratiş jiddiy muammolardan biri edi. Oziq-ovqat sanoati, yengil sanoat va boşqa tarmoqlar şular jumlasidandir. Umumiy bandlikning atigi 13 foizi qazib oliş va işlab çiqariş sanoati uluşiga töğri keladi. 2016 yilda bu körsatkiç, boşqa mamlakatlar bilan taqqoslaganda, ança past edi: Turkmanistonda 45 foiz, Belarusda 32 foiz, Ukrainada 25 foiz, Qirğizistonda 22 foiz va Qozoğistonda 21 foizni taşkil etgan.
Bandlik va mehnat unumdorligining bir paytda ösişi mukammal uyğunlikdir
Özbekistonning quriliş, kimyo va neft-kimyo sanoati, ulgurji va çakana savdo, umumiy ovqatlaniş, transport, aloqa va boşqa köplab tarmoqlarida bir paytning özida bandlik va mehnat unumdorligi ösişi kuzatildi. Biroq energetika, yoqilği va metallurgiya sanoatida yangi iş örinlari taşkil etilgan bölsa-da, mehnat unumdorligi pasaydi. Qişloq xöjaligi, maşinasozlik, sanoat quriliş materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoati kabi boşqa tarmoqlarda mehnat unumdorligi oşdi, ammo iş örinlari qisqardi.
Jismoniy infratuzilmadagi kamçiliklar yöqotişlarga olib kelmoqda
Jismoniy infratuzilma faoliyatidagi uzilişlar har yili işlab çiqarişda katta yöqotişlarga olib kelmoqda. Katta korxonalar bilan taqqoslaganda, kiçikroq firmalar elektr energiyasi, gaz va suv ta'minotidagi uzilişlardan, yer maydonlarining yetişmasligidan yoki işlab çiqarişni kengaytiriş yölidagi yuqori ijara stavkalaridan köproq zarar körmoqda. 2016 yilda jismoniy infratuzilma faoliyatidagi barça uzilişlardan hosil bölgan umumiy yöqotişlar yirik korxonalarda işlab çiqariş hajmining 24 foizini, mayda korxonalarda esa 38 foizini taşkil etgan. Hokimiyat idoralari infratuzilma xizmatlari faoliyatini yaxşilaş orqali korxonalarda mehnat unumdorligini va bandlik darajasini oşirişi mumkin.
Firmalarning vaqt va resurslardan samarasiz foydalanişi unumdorlikni oşirişiga tösqinlik qilmoqda
Korxona rahbarlarining vaqti va moliyaviy resurslari köpinça işlab çiqariş bilan boğliq bölmagan faoliyatga çalğitadi. Bank ekspertlari fikriça, yirik korxonalar rahbarlarining qariyb 31 foiz, kiçik korxona rahbarlarining esa 26 foiz vaqti besamar byurokratik kelişuvlarga isrof böladi. Markaziy va mahalliy hokimiyat idoralari, vazirlik va muassasalar, tarmoq uyuşmalari bilan soliqlar, bojxona tartiblari, tekşiruvlar, sanitariya va ekologiya masalalari yuzasidan va boşqa kelişuvlar şular jumlasidandir. Oqibatda işlab çiqariş unumdorligi, samaradorlik, malaka oşiriş, texnologiyalarni joriy etiş va uşbu korxonalar rentabelligini oşirişga vaqt kam qoladi.
Bank hisobotida 2016 yilda korxonalarda ötkazilgan sörov natijalariga köra quyidagi ma'lumotlar olindi:
• yirik korxonalarning 32 foiz va kiçik korxonalarning 30 foiz xodimlari qişloq xöjaligi işlari yoki boşqa turdagi jamoatçilik işlariga jalb etilgan;
• yirik korxonalarning qariyb 23 foizi va kiçik korxonalarning esa 11 foizi mahalliy hokimiyat idoralari ulardan “qöşimça xarajatlar” uçun beğaraz yordam puli ajratişni söraganini ma'lum qilgan;
• yirik korxonalarning qariyb 13 foizi, kiçik korxonalarning esa 7 foizi turli masalalar böyiça hokimiyat idoralari birga norasmiy tölovlarni amalga oşirgan;
• yirik korxonalarda işlab çiqariladigan jami mahsulot hajmining yarmidan köpini erkin bozor şaroitida korxonalarning özi emas, markaziy tarmoq vazirliklari yoki uyuşmalari taqsimlagan.
Biznes yuritiş şartlarini soddalaştiriş va bozor munosabatlarini rivojlantiriş xususiy sektorni rivojlantirişga yordam beradi
Bozorga kiriş va undan çiqiş yölidagi tösiqlarning bartaraf etilişi, biznes yuritiş qoidalarining soddalaştirilişi, davlatning narx belgilaşni bosqiçma-bosqiç bekor qilişi, xususiy mulkka egalik huquqining mustahkamlanişi hamda davlat korxonalari sektoridagi iş samarasizligini yengib ötiş bundan keyin ham umumiy samaradorlikni (unumdorlikni) oşirişga xizmat qiladi. Agar korxonalar moliyaviy bozorlarga, xomaşyo va boşqa manbalarga kiriş imkoniyatiga ega bölsa, raqobatning kuçayişi texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etişni rağbatlantirişi mumkin. Özbekistonda biznesni röyxatdan ötkaziş nisbatan murakkab emas. (2019 yilda “Biznes yuritiş” – “Doing Business” hisobotida Özbekiston biznes oçişning osonligi böyiça dunyoda 12 örinni egalladi). Biroq norasmiy çeklovlar, davlat idoralarining samarasiz faoliyati, şaffof bölmagan qonun-qoidalar va mulkka egalik qiliş böyiça huquqning tegişli darajada himoya qilinmasligi katta tösiqlardan bölib qolmoqda. Bunday çeklovlar Özbekistonning töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş imkoniyatini röyobga çiqarişga va texnologiyalarni rivojlantirişga tösqinlik qilmoqda.
Islohotlar iqtisodiy ösiş va yangi iş örinlari yaratiş uçun hal qiluvçi ahamiyatga ega
2017 yildan buyon Özbekiston hukumati iqtisodiyotini liberallaştiriş böyiça olib borayotgan islohotlar biznes yuritiş yölidagi xorijiy valuta konvertatsiyasi yetişmasligi, yuqori import bojlari va soliq stavkalari kabi çeklovlarni bartaraf etmoqda. Bank ekspertlari Özbekiston hukumatiga davlatning iqtisodiyotdagi rolini maqbullaştirişni davom ettirişni va xususiy sektorni rivojlantiriş maqsadida qolgan tösiqlarni bartaraf etişni tavsiya etmoqda. Uşbu çeklovlarni bartaraf etişga qaratilgan çora-tadbirlar quyidagilarni öz içiga oladi:
• investitsiya muhitini yaxşilaş;
• soliq ma'muriyatçiligidagi islohotlarni töliq amalga oşiriş;
• davlat budjeti operatsiyalarining, ayniqsa, davlat korxonalariga beriladigan samarasiz yaşirin subsidiyalarga nisbatan şaffofligini ta'minlaş;
• yerdan foydalaniş böyiça huquq hamda sanoat, xizmat körsatiş va qişloq xöjaligida mulkka egalik qiliş huquqini isloh qiliş;
• davlat monopolistik korxonalarini tarkibiy jihatdan (tizimli) qayta quriş, korporativ boşqaruv va moliyaviy hisobotga qöyiladigan talablarni kuçaytiriş;
• davlatning eksportga yönaltirilganlikni qöllab-quvvatlaşi (jumladan, ISO standarti böyiça sertifikatlaş, ekspert xatarlarini kamaytiriş, diversifikatsiyalaş, Jahon savdo taşkilotiga a'zo böliş).
Örta muddatli istiqbolda infratuzilmani (xususan, energetika, transport va logistika) modernizatsiya qiliş hamda oliy ta'lim sifatini yaxşilaş mamlakatning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlaşga yordam beradi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi