Jahon banki Özbekiston iqtisodiyotining rivojlanişi töğrisida hisobot e'lon qildi.
Hujjatga köra, investitsiyalarni faol jalb qiliş va iste'molning ortişi YaIM ösişiga ta'sir qildi (2017 yildagi 4,5 foizdan 2019 yilning birinçi çoragidagi 5,3 foizgaça).
«2017 yilda hukumat tomonidan iqtisodiyotni liberallaştiriş böyiça joriy etilgan çoralar biznesdagi çeklovlarni bartaraf etişga yordam bermoqda», - deyiladi hisobotda.
Hujjatda aytilişiça, islohotlarni amalga oşirişda Özbekistonga çet el valutasi yetişmasligi, yuqori import bojlari va soliq stavkalari oşişi tösqinlik qilgan.
Jahon banki mutaxassislarining prognozlariga köra, 2021 yilga kelib YaIM 6 foizni taşkil etadi.
«Örta muddatli istiqbolda infratuzilmani, xususan, energetika va transport sohalarida modernizatsiya qiliş hamda sifatli oliy ta'limdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş iqtisodiy salohiyatni mustahkamlaşga yordam beradi», - deydi ekspertlar.
Şu bilan birga, 2019-2020 yillarda inflyatsion bosim saqlanib qoladi, 2020 yilga kelib esa davlat qarzi YaIMning 25 foizigaça ortadi.












