Jamiyat | 14:05 / 31.08.2019
8926
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda qarindoshlar janjali kasalxona va jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi bilan tugadi

2019 yil 26 avgust kuni Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida yashovchi 37 yoshli Sh.B. mast holda uyi hovlisida shu mahallada yashovchi 24 yoshli jiyani S.T. bilan o‘zaro janjallashgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, shu vaqtda ularni ajratmoqchi bo‘lgan S.T.ning otasi 47 yoshli B.B.ni pichoq bilan jarohatlagan.

Natijada B.B. kasalxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Sh.B. ushlangan. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid