Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev bir guruh fuqarolarga davlat mukofotlarini topshirdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmonlariga muvofiq, mustaqillikning 28 yilligi arafasida bir guruh fuqarolar va mamlakat bilan samarali hamkorlik qilib kelayotgan xorijliklar faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 31 avgust kuni Ko‘ksaroyda ana shu yuksak mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi.
Prezident yig‘ilganlarni, ularning timsolida joylarda davlat mukofotlarini qabul qilib olayotgan barcha fuqarolarni muborakbod etdi.
Keyingi yillarda O‘zbekistonda katta o‘zgarishlar, islohotlar amalga oshirilayotgani va ularning dastlabki natijalari ko‘zga tashlanayotgani ta'kidlandi.
– Xalq bilan muloqot hech qachon bunday bo‘lmagan. Odamlarni eshitsak, rejamiz to‘g‘ri bo‘ladi. Hamma hududlar va sohalardagi o‘zgarishlar – xalqimiz bilan birgalikda qilayotgan ishlarimiz samarasi, – dedi prezident.

O‘zbekistonning xalqchil, insonparvar siyosatini dunyo hamjamiyati e'tirof etmoqda. Tashqi siyosat ham, ichki siyosat ham keng ko‘lamli muloqot va munosabatlar asosida, uyg‘un holda olib borilmoqda.
– Biz uchun bitta-yu bitta to‘g‘ri yo‘l, yagona maqsad millatimiz, xalqimiz, jonajon O‘zbekistonimiz manfaatini yuqori tutishdir. Buning uchun doimo yetti marta o‘lchab, bir marta kesadigan siyosat olib borishimiz kerak. Oldimizda murakkab vazifalar turibdi. Xalqimizga, sizlar kabi mard va shijoatli yurtdoshlarimizga ishonib, marrani katta oldik, – deya ta'kidladi davlatimiz rahbari.
Shavkat Mirziyoyev marosimga yig‘ilganlarni nomma-nom tilga olib, davlat mukofotlari bilan tabrikladi. Ularni Vatanimizning asl farzandlari, vijdoni pok, qalbi uyg‘oq odamlar deb atadi. Samarali faoliyati, halol va fidoyi mehnati, yoshlarga ibrat bo‘layotgani uchun ularga minnatdorlik bildirib, ezgu tilaklarini izhor etdi.
Prezident taqdirlangan yurtdoshlarimiz va xorijlik diplomatlarga mukofotlarni tantanali ravishda topshirdi.
– Mana shunday mukofot olish va unga munosib bo‘lish hammaga ham nasib etmaydi. Bugun sizlardagi quvonch, ko‘tarinki kayfiyatdan men o‘zim uchun ham katta kuch, katta quvvat oldim. Barchangizni Mustaqillik kuni bilan yana bir bor chin qalbdan tabriklayman, – dedi prezident.
Qayd etilishicha, mukofotlanganlar yuksak e'tibor uchun davlat rahbariga minnatdorlik bildirdi.











Mavzuga oid
19:45 / 15.11.2025
“Kelajak merosi” mukofoti sovrindorlari taqdirlandi
15:05 / 10.11.2025
Tibbiy xizmatlar eksportini oshirgan markazlarga alohida mukofot beriladi
19:21 / 09.11.2025
Prezident farmoni bilan bir guruh tibbiyot xodimlari mukofotlandi
20:33 / 24.10.2025