Marosimda davlat rahbari mamlakat qudrati nafaqat iqtisodiy körsatkiçlar, balki uning ma’naviyati, madaniyati, adabiyoti va san’ati bilan ham belgilanişini qayd etdi.
Prezidentning ta’kidlaşiça, adabiyoti boy, musiqasi yuraklarga yaqin, teatri hayotiy va san’ati jozibador bölgan xalqning ovozi dunyoda baland eşitiladi. Şu bois Yangi Özbekistonni barpo etiş jarayonida inson qalbini tarbiyalaydigan keng ma’naviy makon şakllantirişga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tadbirda yozuvçi va şoirlar, xonanda va sozandalar, bastakorlar, teatr, kino va sirk san’ati namoyandalari, baxşilar, askiyaçilar, hunarmandlar, rassomlar, muzey va kutubxona xodimlari hamda ustoz-murabbiylarning mamlakat madaniy hayotidagi xizmatlari alohida e’tirof etildi.
Şuningdek, xalqimiz ma’naviy merosiga ulkan hissa qöşgan, bugun oramizda bölmagan madaniyat va san’at arboblarining xotirasi ham yodga olindi. Ularning 24 nafari davlat mukofotlari bilan vafotidan söng taqdirlangani ma’lum qilindi.
Marosim yakunida prezident mukofot sohiblariga faxriy unvonlar, orden va medallarni tantanali ravişda topşirib, ularni butun xalq nomidan tabrikladi hamda kelgusi ijodiy faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.



























