Hujjatga köra, 2026 yildan boşlab har yili umumta’lim maktablari öquvçilari örtasida milliy kitobxonlik harakati ötkazib boriladi.
Dastur uç bosqiçda taşkil etiladi. Birinçi bosqiç kitobxonlikharakati.uz elektron platformasi orqali onlayn tarzda ötkazilsa, ikkinçi va uçinçi bosqiçlar viloyat hamda respublika darajasida oflayn formatda bölib ötadi.
Tanlov iştirokçilari yoş toifalari böyiça saralanadi. Xususan, yuqori sinflar — 6–8 va 9–11-sinf öquvçilari örtasida ğolib va sovrindorlar katta miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Jumladan, birinçi örin sohiblari 50 ming AQŞ dollari, ikkinçi örin sohiblari 30 ming dollar, uçinçi örin sohiblari esa 15 ming dollar miqdorida mukofot oladi. Şuningdek, beşta qöşimça nominatsiya böyiça ğoliblarga ham 10 ming dollardan pul mukofoti topşiriladi.











