Sport | 22:30 / 01.09.2019
6773
2 daqiqa o‘qiladi

«Arsenal» shimoliy London derbisida kambek qilib mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Angliya Premer ligasida 4-turning oxirgi o‘yini yakunlandi.

O‘z maydonida «Tottenhem»ni qabul qilgan «Arsenal» 2:2 hisobidagi irodali durang qayd etdi.

O‘yinning 10-daqiqasida Kristian Eriksen hisobni ochdi, 40-daqiqada Harri Keyn penaltidan unumli foydalanib, «Tottenhem»ning ustunligini mustahkamladi. Birinchi bo‘limd yakunida Lyakazett super gol urib hisobni qisqartirdi. 71-daqiqada esa Obameyang muvozanatni tikladi.

O‘yinning 80-daqiqasida mezbonlar himoyachisi Sokratisa Papastatopulos urgan gol inobatga olinmadi, bu vaziyatda VAR gretsiyalik himoyachini to‘p bilan ta'minlagan Sead Kolashinats o‘yindan tashqari holatda qolgan deb topdi.

Bu natijadan keyin Unai Emeri shogirdlari 7 ochko jamg‘argan holda 5-o‘rinda joylashgan, «Tottenhem» 5 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.

APL. 4-tur
Arsenal – Tottenhem 2:2

Gollar: Eriksen (10), Keyn (40, penalti) – Lyakazett (45), Obameyang (71).
Arsenal: Leno, Kolashinats, Papastatopulos, David Luiz, Meytlend-Naylz, Torreyra (Sebalos, 63), Genduzi, Chaka, Pepe, Lyakazett (Mxitaryan, 67), Obameyang.
Tottenhem: Loris, Rouz, Alderveyreld, Sanches, Vertongen, Eriksen, Uinks, Sissoko, Lamela (Alli, 60), Son Xyn Min (Lo Chelso, 79), Keyn.
Ogohlantirishlar: Rouz (28), Lamela (32), Eriksen (57), Lyakazett (63), Uinks (74), Sanches (78), Papastatopulos (87), Chaka (90).

Mavzuga oid