Sport | 23:32 / 01.09.2019
3656
1 daqiqa o‘qiladi

«Formula-1»: Sharl Lekler Belgiya bosqichida g‘olib bo‘ldi

Ferrari jamoasi a'zosi Sharl Lekler «Formula-1» poygasining Belgiya bosqichida g‘olib bo‘ldi. Bu uning poygadagi ilk g‘alabasi bo‘ldi. 

Marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib amaldagi peshqadam va chempion Lyuis Xemilton (Mercedes), uchinchi bo‘lib finlyandiyalik Valtteri Bottas (Mercedes) kesib o‘tgan.

Xemilton umumiy hisobda 268 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Bottas 203 ochko bilan 2-o‘rinni egallamoqda.

Belgiya bosqichi «Formula-2» poygasi vaqtida halok bo‘lgan fransiyalik poygachi Antuan Yuberning xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlangan. 

Poyganing keyingi bosqichi 6-8 sentabr kunlari Italiyaning Monsa shahrida bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid