Ba'zida belda paydo bo‘luvchi kichik qichima ham jiddiy kasallik alomati bo‘la oladi. Tekshiruvdan o‘tishga erinmang.
Jigar — tanamizdagi eng katta ahamiyatga ega bo‘lgan organlardan biridir. U ovqatni hazm qilishga yordam beradi, hayot uchun zarur bo‘lgan moddalarni sintezlaydi, organizmdan toksinlarni siqib chiqaradi.
Mabodo jigar ishlashdan to‘xtasa, bu butun organizm uchun jiddiy muammolarni chaqirishi mumkin — o‘limga olib boruvchi oqibatlargacha.
Jigar faoliyatida nuqsonlar yuzaga kelishi — keng tarqalgan muammo. Faqatgina AQShning o‘zida bundan kamida 30 milliondan ortiq kishi aziyat chekadi.
Layfxaker xavfli simptomlarni qanday qilib ko‘zdan qochirmaslik va ular bilan nima qilish kerakligi haqida o‘rtoqlashdi.
Nima uchun jigar og‘rig‘iga befarq bo‘lish yaramaydi?
Darhol muhimidan boshlaymiz. Agar siz muntazam ravishda yoqimsiz — zirqirab turuvchi, spazmatik, og‘riq beruvchi — noxush tuyg‘uni his qilsangiz, buni zudlik bilan gepatolog, gastroenterolog yoki hech bo‘lmaganda terapevt ko‘rigiga borishga turtki deb biling. Sabablarini tushuntiramiz.
Quyidagi suratda jigar tasvirlangan. Qo‘lingizni o‘ng biqiningizga qo‘ying, bu holatda kaftingiz qovurg‘ani yopib, barmoqlar kindik tomon yo‘nalgan holatda qovurg‘a ostida tuting — siz uni topdingiz.

Jigar juda yomon holatda bo‘lsa ham o‘z-o‘zidan og‘rishi mumkin emas: unda og‘riq beruvchi retseptorlar yo‘q. Odatda ko‘ngilsiz holatlar faqatgina u yoki bu kasallik yetarlicha avj olganda paydo bo‘la boshlaydi. Jigar shishadi, kattalashadi va o‘zini o‘rab turuvchi qobiq (kapsula) devorlariga bosim o‘tkaza boshlaydi. Kapsulada asabiy xotima vujudga keladi — shunday qilib og‘irlik yoki og‘riqlar boshlanadi.
Yana bir bor eslatamiz: o‘ng biqinda noqulaylik paydo bo‘lsa va bir necha kun ichida qaytarilsa yoki bir necha soatdan ortiq davom etsa, tezda shifokorga murojaat qiling.
Balki, sizda hech qanday jiddiy holat aniqlanmas. Noxush og‘riqlar jigarga aloqador bo‘lmasligi ham mumkin: masalan, o‘t qopidagi toshlar og‘riq bergan (bu ham xavfli). Ammo avvaldan oydinlik kiritgan yaxshiroq.

















