Sport | 15:27 / 02.09.2019
8486
2 daqiqa o‘qiladi

Chicharito Ispaniyaga qaytdi

Meksikalik hujumchi Xaver Ernandes Londonning «Vest Hem Yunayted» klubidan «Sevilya»ga o‘tdi. Ispanlar forvardning shartnomasida ko‘rsatilgan 8 million yevro miqdoridagi badal pulini to‘lashdi.

U yangi klubida 14 raqamli futbolkada to‘p suradi.

Ernandes 2017 yil yozida Leverkuzenning «Bayyer» klubidan 17,8 millionn yevro evaziga «Vest Hem»ga o‘tgandi. 

2018/19 yilgi mavsumda Chicharito «Vest Hem» uchun Angliya Premer-ligasida 25 o‘yinda maydonga tushib, 7ta gol urdi. U joriy mavsumda ham APLning 2 uchrashuvida ishtirok etdi va bir golga mualliflik qildi. Chicharito «bolg‘achilar» safida jami bo‘lib 63 o‘yin o‘tkazdi va 17 gol urib, 4 marta jamoadoshlarini golli pas bilan ta'minladi. Uning londonliklar klubi bilan shartnomasi muddati 2020 yil iyuniga qadar tuzilgandi. 

Ernandes turli yillarda «Manchester Yunayted», «Real» «Bayyer» klublari sharafini himoya qilgan, Meksika terma jamoasida 108 o‘yin o‘tkazib, 51 gol urgan.

Mavzuga oid