Jamiyat | 15:05 / 02.09.2019
14059
6 daqiqa o‘qiladi

«Dorilar qimmat, ijara puliga ham qiynalyapmiz. Yaxshilar yordamiga muhtojmiz». Oqqon tashxisli bolalarga sizning ko‘magingiz zarur

Inson hayotida ba'zan yaxshi, ba'zan yomon kunlar bo‘ladi. Yaxshi kunlarga ham yomon kunlarga ham shukr qilganlar Alloh taolodan savob oladi. Boshiga taqdir sinovlari tushganlar uchun ko‘mak berish ham odamiylik namunasidir.

Xabaringiz bor, Kun.uz jamoasi Toshkent shahrida joylashgan Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish institutidagi ko‘makka muhtoj insonlar holidan xabar olib kelmoqda. Bu safar ham oqqon kasalligiga chalingan bemorlarning shifokori va yaqin qarindoshlari bilan bog‘landik. Ularning holidan xabar olish va sharoitini o‘rganish maqsadida kasalxonaga tashrif buyurdik. Bemor bolajonlar va ularning ota-onalari bilan birma-bir suhbatlashdik.

Birinchi bemorimiz Abdug‘aniyev Abdug‘affor. U Namangan viloyati Namangan tumanidan kelgan. Abdug‘affor hozirda 17 yoshda. Uning kasalligi uzoq davom etgan va anchadan buyon davolanish sababli oila qiyin ahvolga tushib qolgan. Onasi Valiyeva Nodiraning ta'kidlashicha, dorixonalardan qarzlari ko‘payib ketgan. Hozir Abdug‘affor yaxshilar yordamiga muhtoj.

Abdug‘aniyev Abdug‘afforovaning zarur ma'lumotlari:

AGROBANK Clisk/PayMe: 8600 0424 4783 9324

MFO: 00253

INN: 200082581

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 3000 0022 5001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 80001 000002 25001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2312 0000 800000 225001

Keyingi bemorimiz, jajjigina qizaloq – 2 yoshli Shahnoza Muradbayeva. Qoraqalpog‘istonning Chimboy tumanida istiqomat qiladi. Oqqon tashxisi qo‘yilgandan keyin onasi Albina Mirzaboyeva bilan Toshkentga davolanishga keladi. Onasining ta'kidlashicha, u hozirda yolg‘iz o‘zi qiynalib qolgan. Shahnoza saxovatpesha insonlarning yordamiga muhtoj.

Shahnoza Muradbayevaning zarur ma'lumotlari:

AGROBANK Clisk /PayMe: 8600 0417 9664 5423

MFO: 00394

INN: 201 200 124

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 6000 0039 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 4000 0039 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2312 0000 9000 0039 4001

Navbatdagi bemorimiz jajjigina qizaloq 8 yoshli Nozima Xonimqulova. Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida tug‘ilgan. Onasi Kochova Navro‘zning aytishicha, ahvoli birdan og‘irlashib qolgan.

– Avval biz bilmagandik. Keyin analizlar natijasi qonda infeksiya bor, deb chiqarishdi. Shifokorlar oqqon tashxisini qo‘yishdi. Qizim maktabda ham yaxshi o‘qirdi. Endi muolajalarni boshladik. Turmush o‘rtog‘im yagona boquvchimiz. Bu kasallikni uzoq davolash kerak ekan. Dorilari ham qimmat. Saxovatli insonlar yordamiga muhtojmiz», – deydi onaizor.

Nozima Xonimqulovaning zarur ma'lumotlari:

Kochova Navro‘z (onasi).

AGROBANK Clisk /PayMe: 8600 0417 9432 5622

MFO: 00394

INN: 201 200 124

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 6000 0039 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 4000 0039 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2312 0000 9000 0039 4001

Keyingi bemorimiz Iroda Hasanova Samarqand viloyati Ishtixon tumanidan kelgan. Iroda hozir 4 yoshda bo‘lib, 2 kurs dorilarini qabul qilyapti. Onasi Feruza Elmurodovaning aytishicha, turmush o‘rtog‘i oddiy ishchi, o‘zi esa uy bekasi. Dori-darmonlar qimmatligi sababli oila yaxshilarning yordamiga muhtoj. Ular uchun bir umr duoda.

Onasi Feruza Elmurodova nomiga ochilgan karta:

AGROBANK Click\PayMe: 8600 0417 0094 4425

MFO: 00454

INN: 201 005 083

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 8000 0045 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 6000 0045 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2311 8000 6000 0045 4001

So‘nggi bemorimiz Bunyodbek Matniyozov Xorazm viloyati Shovot tumanidan kelgan. Bunyodbek hozirda 10 yoshda. Oqqonga qarshi 1-kurs davo muolajalarini davom ettirayapti. Otasi oddiy ishchi. Onasi uy bekasi. Dori-darmonlarga juda qiynalib qolishgan. Onasi Gulasal Inoyatovaning ta'kidlashicha, farzandini davolatish va Toshkentda turish oilani qiyin ahvolga tushirib qo‘ygan. Hozirda oila saxovatli insonlar ko‘magiga muhtoj.

Bunyodbek Matniyozovning zarur ma'lumotlari:

Otasi Rahimboyev Umid nomiga ochilgan karta:

AGROBANK Click /PayMe: 8600 0417 8864 8781

MFO: 00454

INN: 201 005 083

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 8000 0045 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 6000 0045 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2311 8000 6000 0045 4001

Aziz saxovatpesha yurtdoshlar! Bu murg‘ak qalblar orzularga to‘la. Ularning hayotdan umidlari ko‘p. Ular bizning moddiy va ma'naviy yordamimizga muhtoj. Albatta, Alloh taolo bandaning qilayotgan har bir ishidan, yurish-turishidan xabardor, uni har qanday holatda ham ko‘rib turadi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislarining birida «Dunyo oxirat ekinzoridir», — deb insonga berilgan umr uning oxiratidagi o‘rnini belgilovchi asosiy amal ekanini ta'kidlaganlar. Qo‘limizdan kelguncha, imkoniyatimiz yetgunicha bu insonlarga yordam beraylik! Zero, chiroyli amallar, savob ishlargina insonning martabasini oshirishini unutmaylik.

Rahmatillo Isroilov tayyorladi


Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzuga oid