Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga qarshi kurashda yordam berganlarga 15 mln dollar to‘laydi
Vashington Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining moliyaviy operatsiyalarini barbod qilganlarga 15 mln dollargacha to‘lashga tayyor. Bu haqda AQShning Eron bo‘yicha maxsus vakili Brayan Xuk ma'lum qildi.
Mablag‘ terrorizmga qarshi kurashish dasturi doirasida Davlat departamenti tomonidan ajratiladi.
"Bugungi e'lon tarixiy tusga ega: AQSh ilk bor davlat muassasasining moliyaviy operatsiyalarini barbod qiluvchi ma'lumot uchun mukofot e'lon qilmoqda. Biz Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi ko‘proq hukumat emas, terrorchilik tashkiloti sifatida harakat qilayotgani uchun bu chorani qo‘llamoqdamiz", - ta'kidladi Xuk.
U Amerika hukumati Tehronga qarshi sanksiyalar joriy etish jarayonini to‘xtatmoqchi emasligini ma'lum qildi.
Xuk bundan maqsad Eronni yadroviy va raketa muammosi bo‘yicha muzokaralar boshlashga majbur qilish ekanligini aytdi.
Avvalroq AQSh moliya vazirligi Eron bilan aloqador 16 kompaniya, 9 jismoniy shaxs va 6 tankerni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
21:07 / 29.05.2026
Tramp Eronning boyitilgan urani yo‘q qilinishini aytdi
18:59 / 29.05.2026
AQSh va Eron kelishuvga yaqin. Vositachilar muhokama qilayotgan 5 muhim masala tafsilotlari
14:54 / 29.05.2026
Eronliklar uzoq shatdaundan keyin internetga kirishdi. Buni ular qanday qarshi olishdi?
13:56 / 29.05.2026