«O‘zmilliybank» mablag‘lari hisobidan Zominda yangi dehqon bozori ochildi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan 2019 yil 1 sentabr kuni Jizzax viloyatining Zomin tumanida zominliklar va tashrif buyuradigan mehmonlar uchun «Zomin» dehqon bozorining ochilishi bo‘lib o‘tdi.
«Xalqning yashash tarzini bilmoqchi bo‘lsang bozorini ko‘r» deydi dono xalqimiz. Bu bejiz emas. Zero, turmushimizni bozorlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Negaki, bozorlarimiz shunchaki, savdo-sotiq ishlarini amalga oshiradigan maskan bo‘libgina qolmay, azaldan xalq farovonligi va turmush tarzini namoyon etuvchi o‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy markazlardan biri sanalgan. Bir so‘z bilan aytganda, bozorlar xalq farovonligi ifodasidir. Bugun yurtimiz bozorlarida bo‘lgan va obodlikni kuzatgan har bir inson qalbidan ana shu fikrlar o‘tishi shubhasiz.
«Xalqimiz ertaga yoki yaqin kelajakda emas, bugun yaxshi yashashga har tomonlama munosibdir!» - Shu ma'noda Jizzax viloyatining Zomin tumanida ko‘lami jahatidan salmoqli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari qizg‘in olib borilyaptiki, bularning har biri yurtdoshlarimiz hayotida o‘chmas iz qoldirmoqda. Eng aziz va ulug‘ bayram kunlarida zamonaviy ko‘rinishdagi Zomin dehqon bozorining foydalanishga topshirilishi tuman ahli uchun o‘ziga xos bayram tuhfasi bo‘ldi.
E'tiborlisi, majmua sharqona va milliy me'morchilik an'analarining nodir namunalarini o‘zida mujassam etgani holda, zamonaviy savdo majmualari shaklida mukammal rekonstruksiya, sotuvchi va xaridorlarga qulay sharoit yaratish, savdo xizmati sifatini yaxshilash orqali savdo-bozor infratuzilmasini yanada shakllantirishda alohida ko‘rinishga ega bo‘ldi.
Umumiy maydoni 1,2 gektardan iborat mazkur dehqon bozori qisqa fursatlarda bunyod etilib, uning qurilishiga O‘zbekiston Milliy bankning mablag‘i yo‘naltirildi. 500ta savdo rastasiga ega zamonaviy tipdagi yangi bozorda sotuvchi va xaridorlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Jumladan, non mahsulotlari, ho‘l mevalar, quruq mevalar, guruch va dukkakli mahsulotlar bo‘limlaridagi savdo rastalaridan o‘rin olgan mahsulotlar dasturxonlarimiz to‘kinligi va farovon turmushimizdan dalolat beradi. Bozor hududida tadbirkorlar uchun O‘zbekiston Milliy bankning maxsus shoxobchasi tashkil etilgani hududdagi tadbirkorlar imkoniyatlarini yanada oshirishi bilan ham ahamiyatlidir.
Ilk kundanoq sotuvchi-yu xaridorlar bilan gavjum bo‘lgan dehqon bozori sarxil mevalar, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlari bilan yanada fayzli va barakali bo‘ldi. Bu yerda tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish sifati, xaridorlarga yaratilgan qulayliklar ham e'tibordan chetda qolmagan.
Avvalambor, bularning barchasi hurmatli Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlar natijasidir. Chunki, xalq farovonligi yo‘lida yurtimizda bunyodkorlik ishlarini ortib borayotgani hech kimga sir emas. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki xalqimizning turmush-tarzida qulayliklar yaratish borasida o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
«O‘zmilliybank» Matbuot xizmati
Mavzuga oid
07:26 / 23.08.2024
Qariyb 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi
18:36 / 12.08.2024
Zomindagi osma dor yo‘li 18 avgustgacha yopildi
12:14 / 03.07.2024
Zomin qo‘riqxonasidagi fotoqopqonga Turkiston silovsini muhrlandi
20:40 / 22.06.2024