Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Sudyani sudya o‘qitadi» tamoyili. Sudyalar oliy maktabida magistratura darslari boshlandi

2019 yil 4 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etilgan Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida ilk marta 2019/2020 o‘quv yili uchun bir yillik magistratura ta'lim dasturi bo‘yicha o‘quv kursining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Video: Youtube
Video: Mover (tas-ix)
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas'ul xodimlari, senatorlar, deputatlar, tegishli mas'ul tashkilotlar rahbarlari, yuridik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash muassasalari mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan 60 nafar talabgor Sudyalar oliy maktabi tinglovchilari safiga qabul qilindi. Talabalarga «sudyani sudya o‘qitadi» prinsipi asosida tajribali sudyalar tomonidan dars beriladi. Shuningdek, Rossiya, Qozog‘iston, Kanada, AQSh, Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Yaponiya va boshqa davlatlarning sudyalar tayyorlashga mas'ul muassasalari bilan xamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.
Tadbirda Sudyalar oliy kengashi raisi Ubaydulla Mingboyev, Oliy sud raisi Kozimjon Komilov va oliy maktab direktori Hoji-Murod Isoqov so‘zga chiqdi.


«Mana bugundan hamkasblar qatoriga qo‘shildinglar. Sizlar bir narsani unutmanglar. Sizlar birinchi qaldirg‘ochsizlar. Bu pog‘onaga yetib kelguncha, bu maktabni ochguncha, juda katta mashaqqatlar bo‘ldi. Sizlarni tayyorlab biz yangi sudyalar korpusini shakllantirishimiz kerak. Mutlaqo yangi fikrlovchi, mutlaqo yangi ishlovchi, intiluvchan, faqatgina qonunga bo‘ysunuvsi korpus shakllantirish davom etimoqda. Bu yilning o‘zida 20dan ortiq sud binolari quryapmiz. Hamma zamonaviy texnika bilan jihozlangan. Oylik maoshlarni oshiryapmiz. Sizning vazifangiz nafaqat yaxshi o‘qish, amaliy ishlar bilan shug‘ullanish, balki 24 soat ishlab oling. Bu yerdan siz katta energiya olishingiz kerak. Ertaga xalq oldiga chiqasiz. Hozir ochiqlik va shaffoflik vaqti. Xalqni rozi qilmagan, xalq ko‘nmagan sudya bizning qatorimizda ishlamaydi. Shuning uchun sizlarga faqat muvaffaqiyat tilayman. Sizlar bilan eng tajribali yuristlar, sudyalar shug‘ullanadi. Bir yildan keyin faqatgina shu dargohni bitirgan odamgina sudya bo‘la oladi. Xalqning oldida sud madaniyatini ko‘rsata bilishingiz kerak. Yil oxirigicha 200dan ortiq videokonferensiya tashkil qilyapmiz. Internetda, matbuotda biror kun yo‘qki, sud haqida ma'lumot bo‘lmasa. Jamiyat bo‘layotgan voqealarni bilib turishi kerak. Jamiyat hozir chanqoq. Biz oqni oq, qorani qora qilishimiz kerak. Internetda qarorlarimiz e'lon qilinyapti. Biz borgan sari axborot-kommunikatsiyalarini to‘laqonli kirita boshlaymiz. Birinchi sentyabrdan hamma ijro varaqalar elektron ketadi. Qonunlarning ishlamay turgan joylarini bizga ko‘rsatinglar. Sizlardan yangi tashabbuslar kutib qolamiz», deya Oliy sud raisi so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ochilish nutqlaridan so‘ng, yig‘ilish qatnashchilari bo‘lgan Prezident Administratsiyasi mas'ul xodimlari, senatorlar, deputatlar, tegishli mas'ul tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari maktabning auditoriya xonalarini aylanib chiqishdi.
Tavsiya etamiz
Alyaskadagi muzokaralar: Putin nima talab qiladi va Trampga nima kerak?
Jahon | 12:26 / 12.08.2025
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Ozarboyjon Ukrainaga 2 mln dollarlik yordam ajratdi
Jahon | 19:53 / 11.08.2025
«Paxtakor-79». To‘lagan Isoqov va Dmitriy Anning xotiralari
Sport | 15:53 / 11.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ai-80 benzini narxi yana qimmatlashdi
Iqtisodiyot | 19:07
-
«Afrosiyob» poyezdiga nisbatan qo‘poruvchilik harakati sodir etgan temiryo‘lchilar qamaldi
O‘zbekiston | 19:06
-
O‘zbekiston va Germaniya Afg‘oniston bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston | 19:03
-
Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!
Jamiyat | 19:00
Mavzuga oid

20:40 / 27.03.2019
Sudyalarni tayyorlashda Kanada Milliy sudyalar instituti tajribasidan foydalaniladi

20:20 / 07.01.2019