Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sudyalar oliy kengashi huzurida Sudyalar oliy maktabi tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining “Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aytilgan.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazining 12 ta shtat birligi Sudyalar oliy maktabiga o‘tkaziladi.
Oliy maktab sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi davlat ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi va Oliy sudi zimmasiga Oliy maktabni har tomonlama rivojlantirishga ko‘maklashish yuklandi.
Oliy maktab Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uyda joylashtiriladi.
Mavzuga oid

11:47 / 07.08.2025
PPX to‘lovli asosda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi

08:55 / 07.08.2025
Geografik obektlarning klassifikatori ishlab chiqildi

07:42 / 07.08.2025
Davlat organlari hududidan savdo faoliyati uchun foydalanish mumkin bo‘ladi

11:04 / 28.07.2025