Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sudyalarni tayyorlashda Kanada Milliy sudyalar instituti tajribasidan foydalaniladi
Foto: Sudyalar oliy maktabi
27 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida "Sudyalar lavozimiga nomzodlar, amaldagi sudyalar va sud apparati xodimlarining o‘quv-ta'lim jarayonini tashkillashtirish" mavzuidagi seminar bo‘lib o‘tdi. Kun.uz muxbirining xabar berishicha, tadbirda Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT)ning qo‘llab-quvvatlashi ostida Kanada Milliy sudyalar institutining sud tizimi masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi Adel Kent va xalqaro hamkorlik guruhi direktori Brenda Kuper ishtirok etishdi.
Kunning birinchi yarmida kanadalik ekspertlar o‘zlarining sudyalar lavozimiga nomzodlarni o‘qitish, sudyalar va sud xodimlarining malakasini oshirishga doir tajribasi bilan o‘rtoqlashishdi, ikkinchi yarmida esa Sudyalar oliy maktabi xodimlari bilan interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Sudyalar oliy maktabi, Fuqarolik huquqi kafedrasi professori Ilhom Nasriyevning ta'kidlashicha, bu Sudyalar oliy maktabi tashkil etilganidan so‘ng birinchi marta xorijiy mutaxassislar ishtirokidagi seminar hisoblanadi.
"Prezident farmoni bilan 2019 yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi negizida Sudyalar oliy maktabi tashkil etiladi va ayni damda u shakllanish jarayonida - kadrlar tanlanmoqda, o‘quv dasturlari tuzilmoqda, tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilmoqda. Bugun Kanadaning ushbu sohadagi mutaxassislari tashrif buyurishgan va ular o‘z tajribasini biz bilan o‘rtoqlashishadi. Biz shundan kelib chiqqan holda ma'lum to‘xtamlarga kelamiz, chunki bizning tariximizda ilk marta sudyalar alohida muassasada tayyorlanadigan bo‘lmoqda. Shu paytga qadar sudyalar alohida bir muassasada tayyorlanmas edi, Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida tayyorlanardi".
Uning qo‘shimcha qilishicha, istiqboldagi loyihaga ko‘ra, o‘zbekistonlik professor va o‘qituvchilar guruhi Kanadaga borib, o‘quv jarayonlarini joyida o‘rganishi ko‘zda tutilmoqda.
Sud tizimi masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis Adel Kentning so‘zlariga ko‘ra, Kanada Milliy sudyalar institutida asosan ikki o‘quv dasturi tuziladi:
1. Milliy dastur;
2. Maxsus dastur (provinsiyalar uchun).
Milliy dasturni tuzishda umumiy xususiyatlar inobatga olinsa, Maxsus dasturlarni tuzishda mahalliy aholining ehtiyojlaridan kelib chiqib yondashiladi.
Kanada Milliy sudyalar institutida, shuningdek, onlayn va internet kurslari ham mavjud. Institut ma'lumotlar elektron bazasi hamda elektron kutubxonaga ega.
Kanadalik sud tizimi mutaxassislarining ta'kidlashicha, bugungi kunda sudyalar o‘z kasbidan tashqari boshqa ilmlarga ham qiziqishi kerak, masalan, psixologiyaga. Bu ularning turli vaziyatlarga chuqurroq va innovatsion yondashishlariga ko‘mak beradi. Ular sudyalarni bugungi kunda hammaning tasavvuridagi jiddiy va qat'iy ingliz sudyalari obrazidan biroz chekinib, vaziyatga o‘zgacha yondashishga o‘rgatishlarini qayd etishdi.
Xorijlik mutaxassislar Sudyalar oliy maktabi vakillarini o‘quv dasturini ishlab chiqishda aniq tamoyillarga asoslanishni tavsiya qilishdi.
Ma'lumot uchun: Kanada Milliy sudyalar instituti (NJI) - Ottava shahrida joylashgan. NJI - 1988 yilda asos solingan mustaqil, notijorat tashkilot, Kanada bosh sudyasi raisligidagi boshqaruv. Taxminan 50 nafar xodim ishlaydi. Budjeti - 9 million dollar atrofida. To‘rt departamentga ega: ta'lim, moliya, operatsion va xalqaro.
Tavsiya etamiz
Rossiyaning migratsiya siyosati: integratsiya emas, begonalashtirish...
Jahon | 22:31 / 30.10.2025
Noyabrda qanday ob-havo kutilmoqda?
O‘zbekiston | 20:04 / 30.10.2025
Finlandiya prezidenti Toshkentga UzAirways'ning odatiy reysida uchib keldi
O‘zbekiston | 16:03 / 30.10.2025
Isitish mavsumi qachon boshlanadi?
Jamiyat | 12:03 / 30.10.2025
So‘nggi yangiliklar
-
President Mirziyoyev expected to visit Serbia in early 2026
POLITICS | 17:06
-
Tashkent City Mall Embrass 2025 xalqaro mukofotida "Yil kashfiyoti" deb topildi
O‘zbekiston | 17:00
-
Tartibsiz uy – charchagan ong: ortiqcha buyumlar kayfiyatimizga qanday ta’sir qiladi?
Sog‘lom hayot | 16:51
-
Xitoylik ishbilarmonlar Toshkentda: agrosektor eksportini oshirish muhokama qilindi
O‘zbekiston | 16:45
Mavzuga oid
07:30 / 01.10.2025
Kanadada oq va qora ayiq o‘rtasidagi to‘qnashuv tasvirga olindi
18:46 / 21.09.2025
Kanada, Avstraliya va Buyuk Britaniya mustaqil Falastin davlatini rasman tan oldi
08:03 / 09.09.2025
Latviyada bedarak yo‘qolgan kanadalik harbiy o‘lik holda topildi
09:04 / 23.08.2025