Jamiyat | 17:42 / 04.09.2019
7477
2 daqiqa o‘qiladi

Uchuvchisiz uchish qurilmasining «parvozi» poyezdda yakunlandi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi bojxona xodimlari tomonidan samarali kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Boldir temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni mamlakat hududidan yo‘lovchi poyezdida yo‘lovchi sifatida kirib kelgan fuqaro K.G. bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, mazkur fuqaroning qo‘l yuklari orasidan og‘zaki so‘rovda ma'lum qilinmagan va hech qanday tegishli hujjatlari bo‘lmagan 1 dona “Discovery” nomli uchuvchisiz uchish apparati borligi ma'lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Ta'kidlash joizki, joriy yil 2 may kuni qabul qilingan O‘RQ-534-sonli Qonunning 1-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 244-4-moddasi bilan to‘ldirilgan bo‘lib, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish bo‘yicha jinoiy javobgarlik belgilanib, 2019 yil 4 noyabrdan amalga kiritiladi. 

Mavzuga oid