Tilimizga «aqlli» hisoblagiçlar iborasi kirib kelganiga köp bölmagan bölsa-da, hududlarda iste'molçilarni zamonaviy hisoblagiçlar bilan ta'minlaş işlari yakunlanmoqda. Ayni vaqtda Buxoro viloyatida 230 ming xonadonda yangi hisoblagiçlar işlab turibdi. Hozirda Ğijduvon, Peşku va Vobkent tumanlarida zamonaviy hisoblagiçlar örnatiş işlari yakunlandi.

Noqonuniy foydalanmoqçi bölsangiz, hisoblagiç operatorga xabar yuboradi.

Biz bu boradagi yangiliklarni biliş va yangi hisoblagiçning xususiyatlarini örganiş uçun Buxoro viloyatida böldik. Yangi tizim debitor qarzdorlikka butunlay barham beriş, elektr energiyasi ta'minotida uzilişlarga yöl qöymaslik, energiya yöqolişini keskin qisqartiriş va undan noqonuniy foydalanişning oldini oliş imkonini berar ekan. Bu borada viloyatda Janubiy Koreya bilan keng hamkorlik yölga qöyilgan.

Şu asosda elektr energiyasi ta'minoti sifati imkoniyatlarini keskin kötarişi kutilayotgan loyiha – elektr energiyasi iste'molini hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimi (ASKUE) joriy etilmoqda.

– Avvaliga Qorovulbozor tumanida bu loyihani sinovdan ötkazdik, – deydi EEHO va NQAT loyihasini joriy qiliş böyiça «Koreya Telekom» kompaniyasining Buxoro hududiy vakili Xan Su Kim. – Loyiha kömagida qarzdorlik 90 foizga kamayib, tuşumlar 60 foizga ortganiga guvoh böldik. Yil oxiriga qadar Buxoro viloyati töliq qamrab olinadi. Har bir hudud bilan avtomatik aloqa yölga qöyiladi. Asosiysi iste'molçi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanmoqçi bölsa, avtomatik öçib, operatorga xabar yuboradi. Uşbu hisoblagiçni oçişga urinib körsangiz bas, kompyuter markazidagi signal işga tuşib, qaysi hudud, qaysi xonadonda uşbu voqea bölayotganigaça xabar beradi. Bu esa yangi tizimda elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş butunlay barham topişiga olib keladi.

Elektron hisob tizimi har kuni ertalab iste'molçi qança elektr energiya işlatgani haqida ma'lumot oladi. Agar uning hisobvarağida mablağ kam qolgan bölsa, «sms» xabarnoma boradi. Söngra tizimga avtomatik tokdan ajratiş haqida topşiriq beriladi. Qarzdorlik bartarf etilişi bilan tizimni yoqiş haqida xabar yuboriladi. Muhimi bu tizim inson omilisiz tölaligiça avtomatlaştirilgan.

Zamonaviy hisoblagiçlarning işlaşidan şikoyatlar mavjud emas. Bunday holat isbotlangan vaziyat mavjud ham emas. Bunda bitta narsani inobatga oliş kerak. Ya'ni hisoblagiçlarda ikkita ölçov nuqtasi bor. Biri faol faza bölsa, ikkinçisi «nol» ölçov nuqtasi. Mazkur nuqtalarning qaysi birida kilovatt köp bölsa, şu hisobga olinadi.