Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya kansleriga hongkonglik namoyishchilar yordam so‘rab murojaat qilishdi
Germaniya kansleri Angela Merkelning Xitoyga 12-safari oldidan unga bosim oshdi. Bu haqda Der Tagesspiegel nashri xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, kanslerdan Hongkongdagi namoyishlar bo‘yicha aniq pozitsiyani egallash talab qilinmoqda. Nashr 1989 yilda Tyananmen maydonida yuz bergan voqealar takrorlanishi mumkinligidan ogohlantirgan. O‘shanda namoyishchilarni tarqatishda tanklar qo‘llanishi oqibatida yuzlab odamlar halok bo‘lgan.
Joriy namoyishlar ishtirokchilari Merkelga maktub yo‘llab, unda Xitoy hukumatini diktator tuzumi deb atashgan va insonning asosiy huquqlaridan erkin foydalanish imkonsizligini ta'kidlab o‘tishgan. Maktubda namoyishchilar kanslerdan uchrashuvni talab qilishgan va 30 yil avval butun dunyoda Germaniyada inson huquqlari uchun kurashchilar harakati qo‘llab-quvvatlangani eslatib o‘tilgan. Maktubga ko‘ra, erkinlikni bostirishga qarshi boshqa kurashga yordam berish vaqti keldi.
Ta'kidlanishicha, Merkel Xitoyga safari dasturiga hech qanday o‘zgartirish kiritmagan. Bu esa kansler u bilan uchrashishni istagan namoyishchilar iltimosiga javob bermaganini anglatadi.
Merkelning Xitoyga safari 6-7 sentabr kunlariga belgilangan.
Mavzuga oid
20:26 / 29.05.2026
Xitoyning Spring Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
08:49 / 29.05.2026
O‘zbekiston va Xitoyni bog‘lovchi yangi aviayo‘nalish ochildi
08:38 / 29.05.2026
Xitoy dengiz o‘rtasida dunyodagi eng yirik aeroportni qurmoqda
18:28 / 28.05.2026