Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Onlayn auksion orqali 3,3 mlrd so‘mlik avtomobil raqamlari sotildi
Foto: KUN.UZ
2019 yilning 26 avgust – 1 sentabr kunlari “O‘zRTXB” AJda 846,6 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi. Kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 462,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Shu jumladan, birja savdolarining hajmi 726,9 mlrd so‘mni tashkil etdi. Valuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning summasi 2,7 mln AQSh dollarini tashkil etdi. Eksport tarkibida paxta tolasi 76 %, polietilenning turli markalari 24 %ni egalladi.
Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi 29,3 mlrd so‘mni tashkil qildi. Kichik biznes sub'yektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar 17,2 mlrd so‘mni yoki tuzilgan bitimlarning 58,9 %ni egalladi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 741ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,3 mlrd so‘mni tashkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 20,4 % birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 48,7 % ikkinchi va 30,9 % uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.
Mavzuga oid
14:27 / 23.12.2025
«Samarador» MChJ Transport vazirligi binosini sotib oldi
07:58 / 18.12.2025
450 mln dollarlik rekord: auksionlardagi eng qimmat 20 ta san’at asari
18:39 / 05.12.2025
Kimoshdi savdosida eng qimmat narxda sotilgan avtomobil ma’lum bo‘ldi
14:56 / 29.10.2025