Toshkent shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylab yursangiz, toza, tartibli, haqiqiy «poytaxt nafasi» seziladi. Lekin chekkaroq tumanlarning chekkaroq hududlarida, aholi gavjum joylarda chiqindi uyumlari to‘planishi odatiy holga aylangan. Shaharning bir necha hududlarini kuzatib, ko‘chalar chiqindixonalarga aylanib borayotganiga oddiygina chiqindi qutilari yetishmasligi sababligiga guvoh bo‘ldik.
Video: Youtube
Video: Mover (tas-ix)
«Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan hududlarda chiqindi qutilarini joylashtirishning jismoniy va yuridik shaxslar uchun majburiy tartibi belgilangan. Ya'ni:
ko‘p kvartirali uylarning pod'yezdiga kirish yo‘lida — 1ta;
tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar, tashkilotlar, shuningdek, savdo obektlarining binosiga kirish/chiqish yo‘lida — 1-2ta;
metro, yer osti va yer usti o‘tish joylarining har bir kirish/chiqish yo‘lida — 2ta;
aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini va hordiq chiqarishini qondirish uchun mo‘ljallangan obektlarda (madaniyat va istirohat bog‘lari, o‘rmon massivlari, bog‘lar, bulvarlar, xiyobonlar va boshqalar) — obektning har 800 m2 maydonida 1ta va yo‘laklar va yo‘lkalar chizig‘i bo‘ylab o‘rnatilganda bir-biridan 40 metrdan uzoq bo‘lmagan masofada;
bozorlar va savdo obektlarida (supermarket, gipermarket va boshqalarda) — obektning har 250 m2 maydonida 1ta va savdo do‘konlari qatori bo‘ylab o‘rnatilganda — bir-biridan 10 metrdan uzoq bo‘lmagan masofada;
jamoat yo‘lovchi transport bekatlarida — 1-2ta;
avtoturargohlar va avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash maydonchalariga kirish/chiqish yo‘lida — 1-2ta;
davolash muassasalarining hovli hududida — obektning har 700 m2 maydonida 1ta, asosiy alleyalarda esa — bir-biridan 10 metrdan uzoq bo‘lmagan masofada;

















