Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda velosipeddan yiqilib, reanimatsiyaga tushib qolgan o‘zbekistonlik Toshkentga olib kelinadi
O‘zbekiston fuqarosi X.B. 3 avgust kuni Qozog‘istonda velosipeddan yiqilib, og‘ir umurtqa-orqa miya jarohati bilan Olmaota shahar kasalxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan edi.
O‘zbekistonning Olmaotadagi bosh konsulxonasidan ma'lum qilishlaricha, uning sog‘ligi holatiga ijobiy o‘zgarish qayd etilishi boshlangan. «Kompleks muolajadan so‘ng mutaxassislar bemorni transportda olib ketish mumkin degan xulosaga keldi», — deya xabar bermoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Hozirda Olmaotadagi bosh konsulxona O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda vatandoshni reanimobilda vrach nazorati ostida muolajani davom ettirish uchun Toshkent shahriga jo‘natish masalasini hal qilmoqda.
Mavzuga oid
20:33 / 02.05.2026
Olmaotada Qozog‘istondagi ilk krematoriy ishga tushdi
08:30 / 21.03.2026
Olmaotada 48 nafar mehnat muhojirining pasporti qaytarib olib berildi
18:06 / 03.02.2026
2029 yilgi qishki Osiyo o‘yinlari Qozog‘istonda o‘tkaziladi
16:44 / 15.01.2026