Samarqandda ulkan mardikor bozori barpo etiş istagi ortida qanday niyatlar yaşirin?
|16:40 / 08.09.201974 28710 min
Tahririyatga Samarqand şahridagi Sadriddin Ayniy köçasida faoliyat yurituvçi tadbirkorlar hamda şu köçada yaşovçi fuqarolardan savdo dökonlari va xonadonlari majburiy buzilişga tuşgani haqida murojaat kelib tuşdi.
Qator viloyatlarda «snos» - sönggi oylarda yuz bergan majburiy buzilişlar bilan boğliq voqealardan söng ham bunday holat takrorlanişi, noqonuniy tarzda birovning mulkini buzişga uriniş bölişiga işoniş qiyin, albatta. Şu sababdan, masalaga oydinlik kiritiş uçun ana şu köçada joylaşgan bir qator xonadon va dökonlar egalari bilan suhbatlaşdik.
Darhaqiqat, allaqaçon Sadriddin Ayniy köçasida joylaşgan bir neça dökonlarni buziş işlari boşlab yuborilgan ekan. Qolganlariga ham buziş böyiça topşiriqlar berilgan. Şuningdek, mazkur köçadagi 2-«B» manzilda joylaşgan Firdavs Qodirovga tegişli uy-joyni buziş töğrisida ham şahar hokimligi tomonidan allaqaçon fuqarolik işlari böyiça Samarqand şahar sudiga da'vo arizasi kiritilgan.
Şu köçadagi 5-uyda joylaşgan «Nur» xususiy korxonasi ta'sisçisining ma'lumotiga köra, korxona 1990 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 11 kişi doimiy iş bilan ta'minlangan. Şu va yana bir qator binolar buzilişga tuşganidan ularning egalari norozi. Xullas, 2ta uy-joy, 6ta noturar joy buzilişi ma'lum.
Xöş, buzilişlar uçun nima asos qilingan?
Samarqand şahar hokimligi mutasaddilari mazkur xonadonlar va savdo dökonlari buzilişiga Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripovning tasdiqlagan bayonni asos qilib körsatişmoqda. Ya'ni, hukumat rahbari raisligida ötkazilgan yiğiliş bayoniga asosan mazkur hududdagi bino va uylar buzilib örniga mehnat bozori barpo etilişini ta'kidlaşmoqda.
Buzilişga tuşgan binolar egalari esa «Boş vazir bizning binolarni emas, şu köçada joylaşgan «Özagrokimyohimoya» hududiy AJga tegişli binolarni buzişga körsatma bergan, şahar hokimligi esa boş vazir bahonasida bizning mulklarni buzmoqçi», deyişmoqda.
Mavzuga oid
Boşqa tomondan, aynan boş vazirning özi keyingi oylarda buziliş işlarini keskin qoralab çiqqani ham bor gap. Jumladan, joriy yil 31 iyulda ötgan videoselektorda mazkur muammo yuzasidan Abdulla Aripov şunday fikrlarni bildirgandi:
«Özbek tilida yangi söz paydo böldi – «snos». Prezidentimiz mazkur masala yuzasidan juda katta e'tiroz bildirdi, bu böyiça yangi qaror loyihasini tayyorlayapmiz. Asossiz buzilişlar taqiqlandi. Bundan keyin buziş böyiça uning qançalik zarurati, ehtiyoji, quriliş normalari, arxitektura normalari va hokazolar böyiça mening birinçi örinbosarim Oçilboy Ramatov boşçiligidagi işçi guruh körib çiqadi. Iqtisodiy jihatdan töğriligi böyiça Moliya vaziri, Özbekiston Respublikasi boş vaziri örinbosari Jamşid Qöçqorov boşçiligidagi işçi guruh körib çiqadi. Undan keyin boş vazirga kiritilib, qabul qilingan qaror böyiça amalga oşirilişi mumkinligini e'lon qildik».
Xullas, aholi Boş vazirning uy va dökonlarni buziş haqdagi buyruği borligiga işonmayapti. Xöş, aslida nima bölgan? Rostdan topşiriq bölganmi yoki yöq?
Mana bu hujjat — joriy yilning may oyida Özbekiston Respublikasi Boş vaziri A.Aripov rahbarligida ötkazilgan sayyor yiğilişlar bayoni:
Yiğiliş bayoni 10-bandiga e'tibor bering, unda şunday yozilgan:
«Samarqand viloyati hokimligi (Turdimov), Davlat aktivlarini boşqariş agentligi (Haydarov) va «Agrokimyohimoya» AJ (Isayev)ning Samarqand şahri Sadriddin Ayniy köçasi, 2-uy manzilda joylaşgan Samarqand viloyati «Agrokimyohimoya» hududiy aksiyadorlik jamiyatiga tegişli bölgan bino va inşootlarni yer maydoni bilan birga Samarqand şahar hokimligi balansiga ötkaziş va mazkur hududda mehnat bozori barpo etiş böyiça işlab çiqilgan loyiha taklifi ma'qullansin».
Körib turganingizdek, yiğiliş bayonnomasida faqat «Agrokimyohimoya» AJga tegişli bino va inşootlar ŞAHAR HOKIMLIGI BALANSIGA ÖTKAZILIŞI va uning ÖRNIDA MeHNAT BOZORI BARPO ETIŞ TAKLIFIGA ROZILIK berilmoqda. Boş vazir tasdiqlagan hujjatda heç qanday yondoş uy-joylar, tadbirkorlik sub'yektlariga tegişli binoni buziş, majburiy çiqariş, davlat ehtiyojlari uçun olib qöyiş va ularga kompensatsiya tölaş közda tutilmagan. Şahar hokimligi esa Boş vazir nomidan foydalanib, tadbirkorlarning yurib turgan işini parokanda qilmoqda va noörin xarajat (kompensatsiya) sabab mahalliy budjetga ham zarar keltirmoqda.
Mana şu hujjat bilan yaxşigina taniş fuqarolar tabiiyki, voqealar boşqaça tus olişiga rozi emas.
Boş vazir körgan reja qaçon özgarib qoldi?
Quyidagi surat Samarqand viloyati hokimining telegram tarmoğidagi rasmiy kanalida e'lon qilingan postdan olingan. Unda aynan Boş vazir iştirokida ötkazilgan yiğiliş bayoni tilga olinadi (Sadriddin Ayniy köçasida joylaşgan «Agrokimyohimoya»ga tegişli bino va inşootlar qizil töğri törtburçak bilan ajratib körsatilgan).
Boş vazirga körsatilib, tasdiqlangani katta şubha ostiga olinayotgan quyidagi boş rejada esa, Sadriddin Ayniy köçasi yuzasidagi fuqarolarga tegişli turar va noturar joylar örniga ham yangi inşootlar qurilişi nazarda tutilmoqda.
Agar bu uylar ham buzilişi boş vazir iştirokida muhokama qilinganida, nega bayonnomaga buzilişi aytilayotgan boşqa uylar emas, aynan 2-uy kiritilgan?
Yuqorida ham ta'kidlab ötildi, Samarqand şahar hokimligi buzilişi nazarda tutilgan uy-joylar uçun fuqarolarga albatta pul taklif qilmoqda. Aytaylik, birgina yuqorida tilgan olingan köçadagi 2-«B» uy uçun F.Qodirovga 600 million söm taklif qilinmoqda. Boşqalarga ham albatta belgilangan tartibda şahar hokimligi tomonidan mablağ berilişi ma'lum qilinmoqda.
Xöp, yaxşi. Ammo şahar budjeti tomonidan şunça mablağ sarflab binolarni sotib oliş nega kerak bölyapti? Axir, şaxsan boş vazir hududi salkam 2 gektar keladigan maydonni ajratişni ma'qullab turgan bölsa? Nima sababdan bu bayonnomaga kiritilmagan qöşni binolar ham katta mablağ evaziga buzilişi, bundan taşqari tadbirkorlik sub'yektlari faoliyati töxtab qolişi kerak? Nahotki, samarqandliklarning mehnat bozori (xalq tilida — mardikor bozor) uçun bunça maydon kamlik qilmoqda?
Agar gap şu köçadagi ayrim dökonlarning körimsizligi haqida ketayotgan bölsa, katta mablağ evaziga uni sotib oliş hamda tadbirkorning işini töxtatib qöyiş örniga, dökon egasiga binoni şaharsozlik me'yorlariga moslab, talab qilinayotgan körinişda ta'mirlaşni tavsiya etişning özi kifoya emasmi?
Samarqanddagi qönimsiz «mardikor bozorlar»
Murojaat egalari esa ularga tegişli joylar işsiz insonlarga şaroit yaratiş uçun sotib olinayotganiga ham şubha bilan qaraşmoqda.
Çunki bir paytlar Samarqand şahridagi mardikor bozori Registon yaqinidagi Özbekiston tarixi muzeyi orqasida bölgan. Keyinçalik Panjakent köçasi böylab siljiy boşlaydi va avvaliga Karvonsaroy hududiga ötkaziladi. Undan keyin yana uylar buzilib, mehnat bozori uçun yangi joy barpo etiladi. Ammo bugungi kunga kelib, u yerda xususiy mehmonxona qad rostlab turibdi. «Mardikorlar» uçun esa Panjakent köçasidan joy ajratilgan. Hozir u yerda supermarket işlab turibdi. Oradan ma'lum muddat ötib mehnat bozori uçun Panjikent köçasidan ajratilgan yana bir hududda hozir avtosalon joylaşgan.
Umuman, neça marta mehnat bozori uçun joy ajratilgan bölsa har doim keyinçalik bu yer kimgadir «berilgan». Sadriddin Ayniy köçasidagi fuqarolar boşiga tuşgan vaziyat öşa yaqin ötmişni yodga solmoqda. Eng qiziği, yillar davomida mehnat bozori uçun neça marta joy ajratilgan bölişiga qaramay, ayni vaqtda işsiz fuqarolar u yerdan foydalanişmaydi, şundoqqina katta köça yoqasida turib iş kutişadi.
Samarqandga ibtidoiy «mardikor bozori» nega kerak?
Samarqand şahar hokimligining mehnat bozori böyiça loyihasi tasdiqlanişi bir qaraganda, albatta, insonparvarlikdek körinadi. Ammo buning uçun şahar hududining katta qismini ajratiş (agar rostdan ham atrofdagi uy-joylar hokimlik ixtiyoriga olingaç, mehnat bozoriga aylantirilsa...) qay darajada maqsadga muvofiq?
Asosiy savol şuki, butun dunyoda mehnat bozori vazifasini bajaruvçi korxonalar innovatsion texnologiyalar asosida yuritilib, asosan onlayn tarzda faoliyat yuritayotgan bir paytda, nega biz Samarqanddek şaharda gektar-gektar maydonda «mardikor bozor» qurişimiz kerak?
Rivojlangan mamlakatlarda odatda frilanserlik firmasi deb nomlanuvçi bunday korxonalar atigi bir neçta ixçam xonada faoliyat olib borib asosan böş iş örinlari haqdagi xabarlar onlayn tarzda kelib turadi. Qator bunday firmalar ham iş örinlari haqda işsizlarga tinimsiz ma'lumot yetkazib turib, ham daromad köradi, ham davlatga soliq tölaydi.
Bugungi kunda barçada — mardikorlarda ham uyali telefon bor. Aytaylik, bitta xonada turib har qanday iş beruvçining taklifini telegramda oçilgan guruhga joylaştirib boriş yoki SMS orqali ma'lumot almaşiş mumkin-ku?! Oddiygina mehnat bozori uçun odamlarni çirqiratib, ularning ixtiyoriga qarşi borib, mahalliy budjetdan milliardlab kompensatsiya tölaş özini oqlarmikin?..
Keyinroq, bu hudud ham mardikorlar tomonidan foydalanilmasdan biror töyxonami yoki restoranga aylanib ketmaydi, deb kim kafolat beradi? Yangi mardikor bozori quriş uçun sarflanişi közda tutilgan öşa pullar tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş va yangi iş örinlarini yaratiş uçun, yoinki iş bilan ta'minlaşning innovatsion uslublarini joriy etiş uçun sarflansa davlat fuqarolarga yanada köproq naf keltirmaydimi?
P.S. Bu maqola tarixda qoladi. Köramiz, «Samarqandça innovatsion mardikor bozor» qança vaqt faoliyat körsatar ekan?…
Şuhrat Şokirjonov, Anvar Mustafoqulov, Kun.uz muxbirlari.