2025 yil 15 noyabr kuni soat 14:05 larda Samarqand şahar “Al-Xorazmiy” MFY hududidan ötgan Nodirabegim va Çölpon köçalari kesişmasida YTH sodir bölgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, haydovçi Damas-2 rusumli avtomobilni boşqarib kelib, çap tomonga ikkinçi darajali yölga buriliş vaqtida qarşisidan harakatlanib kelayotgan Onix rusumli avtomobilni ötkazib yubormasdan yölga çiqib ketgan va natijada töqnaşuv yuzaga kelgan.

Töqnaşuv oqibatida Damas-2 avtomaşinasining ikki nafar yölovçisi RŞTYoIM Samarqand filialiga yotqizilgan. Şifokorlar tomonidan körsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, yölovçilardan biri şifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand şahar IIO FMB TB tomonidan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.