O‘zbekiston | 14:28 / 09.09.2019
66470
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ichki ishlar organlaridagi xodimlar semizlik bo‘yicha hisobga olinadimi? Qashqadaryo bo‘yicha holat aytildi

Foto: Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlarida semizlik darajalari bo‘yicha hisobga olingan xodimlar bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida ijobiy natijalarga erishildi, deb xabar bermoqda Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, joriy yilning mart oyi holatiga ko‘ra viloyat ichki ishlar organlari tizimida mavjud jami 1163 nafar semizlik darajalariga kiritilgan xodimlardan 188 nafari 2019 yilning 31 aprel kuni holati bo‘yicha ortiqcha vazndan xalos bo‘lgan. Xodimlarning qayta antropometrik parametrlarini qayta o‘lchash natijasida 2019 yil 30 iyun kuni holatiga jami 741 nafar shundan, I-darajaga 484 nafar (30 yoshgacha 80 nafar, 40 yoshgacha 308 nafar, 50 yosh va undan yuqori 96 nafar), II-darajaga 237 nafar (30 yoshgacha 20 nafar, 40 yoshgacha 154 nafar, 50 yosh va undan yuqori 63 nafar), III-darajaga 18 nafar (30 yoshgacha 1 nafar, 40 yoshgacha 12 nafar, 50 yosh va undan yuqori 5 nafar) va IV–darajaga 2 nafar (40 yoshgacha 1 nafar, 50 yosh va undan yuqori 1 nafar) xodim semizlik darajasi bo‘yicha ro‘yxatga olingan.

Bundan tashqari, 182 nafar xodim semizlik darajalari bo‘yicha ro‘yxatdan chiqarildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid