O‘zbekiston | 23:35 / 10.09.2019
3751
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy-O‘zbekiston turistik kompaniyalari sayyohlar oqimini oshirish borasida fikr almashdi

Bugun, 10 sentabr kuni, Hyatt Regency mehmonxonasida Xitoy Xalq Respublikasi madaniyat va turizm vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan ikki mamlakat turistik salohiyati taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

 10–20 sentabr kunlari «Ajoyib Xitoy, serqirra O‘zbekiston» madaniy haftaligi doirasida o‘tkazilayotgan ushbu anjumanda, shuningdek, ikki mamlakat hamda qozog‘istonlik tur-operatorlar B2B formatida muhokamalar o‘tkazildi. Anjumanda XXR madaniyat va turizm vazirligi vakili Van Shulin turizmni yuqori bosqichga ko‘tarish uchun qanday amaliy harakatlar qilinishi zarurligi haqida fikr bildirdi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

«O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun soha mutaxassislari kvalifikatsiyasi doimiy ravishda oshirib borilishi kerak. Shu bilan birga, turistlar xavfsizligi, turistlar uchun ma'lumot markazlari faoliyati yanada takomillashtirilishi kerak. Biohojatxonalar qurilishiga ham alohida e'tibor qaratish maqsadga muvofiqdir».

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Yig‘ilishda xitoylik tur-operatorlar o‘z faoliyatlari haqida ma'ruza qilishdi. O‘zbekistonga Xitoydan tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha takliflar berishdi. Jumladan, xitoy tilini biladigan gid-tarjimonlar soni va sifatini oshirish, kafolatli sug‘urtani joriy etish va boshqa fikrlar o‘zaro muhokama etildi. 

Mavzuga oid