Xodimlari Toshkentda doimiy propiska olishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar soni bittaga ko‘paydi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktyabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxati quyidagi mazmundagi 71-band bilan to‘ldirildi:
“72. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi”.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018 yil 7 iyundagi 433-son qarorida:
1-band quyidagi mazmundagi oltinchi-o‘ninchi xatboshilar bilan to‘ldirildi:
“Belgilab qo‘yilsinki:
"Tomorqa xizmati” MChJlarning ustav fondlarida Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga shakllantiriladigan ulush nomidan O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, hududiy fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari yoki Jamg‘arma ishtirokchi bo‘lishi mumkin;
hududiy fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari raislari “Tomorqa xizmati” MChJ ustav fondidagi ulushlarning samarali boshqarilishi uchun shaxsan mas'ul hisoblanadi;
Jamg‘arma ijrochi direktori lavozimiga ko‘ra, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining o‘rinbosari hisoblanadi, Jamg‘armaning hududiy vakillari hududiy fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari raislari o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi;
Jamg‘arma tomonidan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga, shuningdek, "Tomorqa xizmati” MChJlarga qishloq xo‘jaligi texnikasi, texnologiyalari, asbob-uskunalar hamda tayyor intensiv bog‘ va tokzorlar hamda issiqxonalarni lizingga berish tartibi Jamg‘arma Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.".
Mavzuga oid
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
13:30 / 20.08.2024
Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinadi
07:16 / 20.08.2024
Sanoatni boshqarishning vertikal tizimi joriy etiladi
07:40 / 17.08.2024