Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada to‘fon sababli minglab sayyohlar aeroportda qolib ketdi
Yaponiyaning Narita aeroportida “Faksay” to‘foni o‘tishi oqibatida jamoat transportida yuz bergan nosozliklar sababli 17 ming kishi qolib ketdi. Bu haqda NewsOnJapan nashri xabar berdi.
Sayyohlar hukumat yomon ob-havo sababli temir yo‘l va avtobus aloqasini to‘xtatgani sababli Tokio markazidan 75 km uzoqlikda joylashgan aeroport hududida qolib ketgan.
10 sentyabrga o‘tar kechasi aeroportning 1-terminalida 5,5 ming kishi, 2-terminalida 11 ming kishi va 3-terminalida 600 kishi qolib ketgan. Yo‘lovchilarga yotoq qoplari, suv va yeguliklar tarqatilgan.
Tiba, Ibaraki va Kanagava prefekturalarida hanuzgacha elektr tok yo‘q bo‘lib, Tokio energetik kompaniyasi shifoxona va priyutlarda 200 dan ko‘proq elektr ishlab chiqaruvchi generator o‘rnatishni rejalashtirgan.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026