Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Angren-Olmaota», «Chirchiq-Olmaota», «Chirchiq-Chimkent» yo‘nalishlarida avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilmoqda
Foto: Transport vazirligi axborot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi qoshidagi “Uzautotrans service” MChJ qo‘shni Qozog‘iston Respublikasining turli shaharlariga safarga otlanayotgan Toshkent viloyati tumanlari aholisiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida joriy yilning 13 sentabr kunidan e'tiboran “Angren-Olmaota”, “Chirchiq-Olmaota”, “Chirchiq-Chimkent” xalqaro yo‘nalishlarida muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.
Yo‘nalish masofasi 918 km bo‘lgan “Angren-Olmaota” yo‘nalishida chipta narxi 120 000 so‘m etib belgilangan bo‘lib, avtobuslar Angrendan soat 16:00, 17:00, 18:00 da harakatlanishni boshlaydi.
“Chirchiq-Olmaota” yo‘nalishida esa yo‘l kira haqqi 100 000 so‘m etib belgilangan. Mazkur yo‘nalish masofasi 818 km.ni tashkil etadi. Avtobuslar Chirchiq avtostansiyasidan soat 17:00 va 18:00 da yo‘lga chiqadi.
“Chirchiq-Chimkent” yo‘nalishi bo‘ylab esa avtobuslar har kuni soat 09:00, 11:00, 13:00, 15:00,17:00 da Chirchiq avtostansiyasidan harakatlanishni boshlaydi. Ushbu yo‘nalishda yo‘l kira haqqi 35 000 so‘m etib belgilangan.
Shuningdek, 13 sentabr kunidan boshlab “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan “Toshkent-Shahrisabz” yo‘nalishida ham muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Masofasi 387,9 km bo‘lgan mazkur yo‘nalishda chipta narxi 54 000 so‘m etib belgilangan. Avtobus “Toshkent” avtovokzalidan soat 11:50 da jo‘nab ketadi. Shahrisabzdan esa soat 09:30 Toshkent shahri tomon yo‘lga chiqadi.
Mavzuga oid
09:16
Olis hududlardagi 715 maktab o‘quvchilariga bepul avtobuslar yo‘lga qo‘yiladi
14:14 / 28.12.2025
Qashqadaryodagi dahshatli avtobus halokati, 26 qurbon va 2 ming so‘m “pora” – sudlangan IIB xodimi 16 yildan so‘ng oqlandi
10:03 / 25.12.2025
Toshkentda avtobuslarga gaz quyish shoxobchalari 33 tadan 11 tagacha qisqartirildi
14:30 / 23.12.2025