Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi institutga tinglovchilarni qabul qilish tartibida o‘zgarish yuz berdi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga tinglovchilarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi.
Nizomning 13-bandiga (Nomzodlar Komissiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar) quyidagi mazmundagi oxirgi xatboshi qo‘shildi:
“Institutga o‘qishga tavsiya etishda nomzodlarning o‘ziga va ularning hujjatlariga nisbatan qo‘yilgan talablarga qat'iy rioya etish, hujjatlarning haqqoniyligi va to‘g‘riligi bo‘yicha mas'uliyat tavsiya etayotgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda jamoat tashkilotlari rahbarlari zimmasiga yuklanadi”.
19-bandda (Test sinovi savollari O‘zbekiston tarixi, iqtisodiyot nazariyasi va huquqshunoslik fanlaridan Davlat test markazi tomonidan belgilangan talablar asosida Institut tomonidan tuziladi):
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etildi:
“Har bir fan bo‘yicha 20 tadan savol tuziladi. Bunda, har bir savolning to‘g‘ri javobi uchun O‘zbekiston tarixi fanidan - 1,5 ball, iqtisodiyot nazariyasi fanidan - 1,6 ball va huquqshunoslik fanidan - 1,5 ball etib belgilanadi”;
to‘rtinchi xatboshidagi (Test sinovi natijalari bo‘yicha 67,5 balldan (75 foiz) yuqori ball olgan nomzodlar suhbatdan o‘tishga tavsiya etiladi) “67,5 balldan (75 foiz)” so‘zlari “49,5 (55 foiz) ball va undan” so‘zlari bilan almashtirildi;
quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shildi:
“Test sinovidan o‘tganlar soni kvota bo‘yicha ajratilgan tinglovchilar soniga teng yoki undan kam bo‘lganda suhbat o‘tkazilmaydi”.
23-bandda (Suhbat ikki qismdan iborat bo‘ladi. Birinchi qismda nomzodning vaziyatlar tahlili, ikkinchi qismda salohiyati, bilim saviyasi va dunyoqarashi baholanadi):
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etildi:
“Suhbat ikki qismdan iborat bo‘ladi. Birinchi qismda nomzodning vaziyatlar tahlili, muammoning qo‘yilishi, muammoning yechimi, hayotiyligi, ijro mexanizmi va nazorati, ikkinchi qismda vatanparvarligi, yetakchiligi, rahbarlik kasbiy mahorati, tizimli fikrlashi, kreativligi va innovatsiyalar bilan samarali ishlashi baholanadi”;
uchinchi xatboshidagi (Suhbatda eng yuqori ball — 60 ball etib belgilanadi) “60 ball” so‘zlari “110 ball” so‘zlari bilan almashtirildi;
to‘rtinchi xatboshi (Suhbat natijalari bo‘yicha 45 balldan (75 foiz) yuqori ball to‘plagan nomzod suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi) chiqarib tashlandi.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
13:22 / 10.03.2026