Jahon | 21:00 / 12.09.2019
6557
2 daqiqa o‘qiladi

Google Fransiyaga 1 mlrd yevroga yaqin jarima to‘laydi

Amerikaning Google korporatsiyasi Fransiya hukumatining soliq bo‘yicha e'tirozlarini bajarish uchun jami 965 mln yevro to‘laydi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi. Ushbu to‘lov Fransiyada kompaniyaga nisbatan to‘rt yildan buyon davom etib kelayotgan bahsga yakun yasashi kutilmoqda.

Payshanba kuni Fransiya prokuraturasi Google Fransiyadagi soliqlarning to‘lanmagan qismi bo‘yicha da'voni qondirish uchun 500 mln yevro jarima to‘lashga rozi bo‘lganini ma'lum qildi.

Google shuningdek, ilgari to‘lanmagan soliq davri uchun qo‘shimcha 465 mln yevro to‘lashini ma'lum qilgan.

Fransiya hukumati bosh qarorgohi Dublinda bo‘lgan Google kompaniyasini Fransiyadagi faoliyati uchun olingan daromadlar uchun soliqning katta qismini Irlandiyada to‘laganlikda ayblagandi.

Sentabr boshida Google internetda bolalarning shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni buzgani uchun AQSh hukumatiga 170 mln dollar jarima to‘lashi xabar qilingandi. 

Mavzuga oid