Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Biz korrupsiyaga qarshimiz” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
Adliya vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi hamda BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida tashkil etilgan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” tanlovi nihoyasiga yetdi.
Bugun, 13 sentabr kuni Adliya vazirligi binosida ushbu tanlov g‘oliblarini taqdirlash bo‘yicha tadbir tashkil etildi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, tanlovda qatnashish uchun 70 nafar ishtirokchidan 400 ga yaqin material taqdim etilib, materiallar hakamlar hay'ati tomonidan tanlov nizomida belgilangan mezonlar asosida ko‘rib chiqildi va baholandi.
“Eng yaxshi jurnalistik material uchun” nominatsiyasida Otabek Safarov, Marusa Hosilova, Ortiqboy Kurambayev mos ravishda 1-3-o‘rinlarga loyiq ko‘rildi.

Eng yaxshi blogpost uchun” nominatsiyasida To‘lqin Eshbekov (1-o‘rin), Nargiza Yunusova (2-o‘rin) va Azizbek Vafoyev (3-o‘rin) g‘olib deb topildi.
“Eng yaxshi yumoristik asar (karikatura, hajviya va hokazo) uchun” nominatsiyasida Jahongir Ismoilov, Bobur Rasulov hamda Feruza Rahmonqulova yuqori o‘rinlarni egalladi.
“Eng yaxshi videorolik ssenariysi uchun” nominatsiyasida Shokir Xoliqov, Nurmuhammad Jumag‘ulov va Ne'matjon Atamuratov g‘olib deb topildi.

Jasurbek Tojiboyev, Asliddin Abduvoitov, Bekzod Usanov “Eng yaxshi flayer, buklet, banner, plakat uchun” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.
Tanlovning har bir nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblar Samsung Galaxy S10 smartfoni, Notebook va televizor bilan mukofotlandi.
Mavzuga oid
16:53 / 08.03.2025
“Korrupsiya baribir yo‘qolmaydi degan ko‘nikish paydo bo‘lib qoldi” - ekspertlar bilan suhbat
17:47 / 09.01.2025
2024 yilda tekshirilgan davlat xaridlarining 86 foizi noqonuniy deb topildi
16:22 / 28.11.2024
«Shaffof shaharlar» va «Halol tumanlar» dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
11:33 / 15.11.2024