Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
General-mayor Bahodir Qurbonov general-mayor Nurlan Yermekbayev bilan muzokaralar o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan Qozog‘iston mudofaa vaziri general-mayor Nurlan Yermekbayev boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabariga ko‘ra, vazirlik Markaziy apparatida bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvida general-mayor Bahodir Qurbonov qozog‘istonlik hamkasbini yurtimizga uyushtirgan tashrifi bilan qutlab, mustaqillik yillarida davlatlar o‘rtasida o‘rnatilgan do‘stona harbiy munosabatlarning faqat ijobiy tomonga siljib borayotganini ta'kidladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri ikki tomonlama hamkorlikdagi erishilayotgan yutuqlarga to‘xtalar ekan, har ikki davlat harbiylarining “ArMI – 2019” xalqaro musobaqalarda erishgan yuqori natijalariga alohida urg‘u berdi. O‘zbekiston va Qozog‘iston mezbonlik qilgan bellashuvlar yuqori saviyada tashkillashtirilgani aytib o‘tildi.
Ikki davlat mudofaa vazirlari harbiy sohada erishilgan yutuqlar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan masalalar borasida ham hamkorlikni davom ettirishning istiqbolli takliflari bilan chiqishdi.

Qozog‘iston Respublikasi harbiy delegatsiyasi mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov hamrohligida Mustaqillik maydonidagi “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambar qo‘yishdi.
Shu kuni o‘tkazilgan harbiy o‘quv-mashg‘ulotlarini kuzatish uchun Chirchiq poligonida bo‘lishdi.
Mavzuga oid
15:01 / 15.01.2026
O‘zbekiston uchun 4 ta asosiy tahdid va chegaralarni qo‘riqlayotgan Bayraktar – DXX raisi hisoboti
11:43 / 12.01.2026
Shvetsiya havo hujumidan mudofaaga 15 mlrd krona ajratadi
15:22 / 07.01.2026
“O‘zbekiston–2030” strategiyasi: mudofaa tizimida yangi maqsadlar belgilanadi
15:05 / 17.12.2025