12 sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligi mutasaddilari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi.

Unda “Qişloq va suv xöjaligi davlat boşqaruvi tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi Prezident farmoni ijrosi va mohiyati yuzasidan ma'lumot berilib, OAV xodimlari tomonidan berilgan savollarga javob qaytarildi.

Tadbirda Respublikaning turli xududlarida suvga doir munosabatlarni tartibga soliş uçun mas'ul bölgan suv iste'molçilari va suvdan foydalanuvçilar uyuşmalarining faoliyati qoniqarli darajada emasligi, suv munosabatlari baribir aholi vakillari va fermerlar örtasida mustaqil hal qilinişi, bu jarayonda esa turli ziddiyatli vaziyatlar ham vujudga kelayotgani hamda mazkur uyuşmalarning faoliyatini qayta körib çiqiş borasida savol bilan murojaat qilingan.

«Avvalo şuni aytişim kerakki, suv iste'molçilar uyuşmalari nodavlat-notijorat taşkilot. Ular mahalliy hokimiyatga ham, bizning vazirlikka ham böysunmaydi. Bu taşkilotning yuqori organi fermerlarning umumiy yiğilişi hisoblanadi. Aynan mana şu yiğinlarda ularning rahbarlari saylanadi, nizomlari tasdiqlanadi. Biz ularga yaqindan yordam beramiz.

Bizda 180 ming kilometrli suğoriş tarmoqlari bölsa, şundan 153 ming kilometri xöjalik içki tizimlar hisobiga töğri keladi. Mana şu böğinda tartibsizlik va suv boşqaruvidagi kamçiliklar bor. Bu kamçiliklar tartibga solinmasdan turib, sohadagi vazifalarni uddalab bölmaydi.

Hozirda Respublika böyiça 1503 ta suv iste'molçilari uyuşmasi taşkil qilingan va bu uyuşmalarning işi mutlaqo samarasiz. Ayniqsa, eng katta muammo suv iste'molçilari uyuşmaga vaqtida mablağini tölaşmaydi. Rahbar saylaşadi, işlarni töğri taşkil qilişga va'da berişadi, lekin uyuşmaga böysunmaydi. Yuqoridagi suv iste'molçi suvni köproq olişga harakat qiladi, ariqni tozalaşga çaqirganda çiqmaydi va iş haqi uçun ham kerakli mablağlarni sarflamaydi.

Endi tasavvur qiling, bu pullarni ham davlat öz zimmasiga olsa, hozir qilayotgan milliardlab xarajatlarimiz trillionlarga aylanadi. 

Şuning uçun biz qonunçilikka taklif kiritganmiz va bu qonun tez kunlarda çiqişi ham kutilmoqdaki, unga köra, 1503 ta SIUlar 152-155 ta uyuşmaga kiritiladi, ya'ni, har bitta tumanda yagona suv iste'molçi uyuşmasi böladi.