Afğonistonga özim borganimda ham ularning özbek xalqiga, prezidentimizga alohida hurmatini kördim. Bizga şunga yaraşa muomala qilişdi. Biz bilan muloqotga tayyor ekanliklarini bildirişdi.

Ularning qişloq xöjaligi vaziri aytdiki, kanalning qurilgan qismida suv oliş imkoniyati bölsa ham, yuqori hukumat bunga ruxsat bermayapti. Çunki qöşni davlatlar bilan kelişuv bölişi kerak deyişyapti. Özi Amudaryodan oldin ham Afğoniston Panj daryosidan 2,5 mlrd kubga yaqin suv olyapti. Agar Qöştepa kanalidan ham 2 mlrd kub suv olinsa, bizga unçalik ta’sir qilmaydi. Lekin muloqotlar yaxşi bölmasa, 4 mlrd kub suv olişadi. Suv yaxşi bölgan yillari 10 mlrd kubgaça suv oliş imkoni bor, ya’ni suv köp bölganda 15-20 mlrd kub suv oqib ötadi daryoning şu qismidan. Suv kam yillarda Afğoniston suv olmasa ham, suvsiz qolib ketgan paytlarimiz bölgan. Deylik, 2001, 2008, 2011, 2018 yillar şunday suv tanqisligi böldi. Tsikl bölyapti 3, 7 yillik.

Hali detalli muloqotlar bölgani yöq. Lekin 6 xil loyiha variantini örganib çiqdik. Qayerda qanday suv olişi, qayerlarda nasos qöyişi, suv omborli varianti, loyqalar tölib qoliş masalalari ham inobatga olingan. Savollar, variantlar juda köp. Suv tanqis bölgan yillarda 4 mlrd kub suv olişsa, bizga oğir bölib qoladi.

Fikrimça, bu joyda boşqa kuçlar ham bor. Nomlarni aytmaylik, lekin katta iqtisodiy qudratga ega bölgan davlatlar bu masalaga aralaşib, mablağ berişini aytyapti. Bizning tomon yöq, undan qilmanglar, desa, qanaqadir şartlar qöyişlari mumkin... Bunday davlatlar kanal loyihasida ham, qurilişida ham qatnaşyapti. Siyosiy kelişmovçilik bölmasligi uçun nomlarini keltirmaymiz. Umuman, Afğoniston yolğiz emas bu masalada.

Hali boşqa siyosiy masalalar bor. Kanal himoyasi, oziq-ovqat masalasi. Faqat kanal emas, siyosiy loyiha desa ham böladi buni.

Şavkat Hamroyev,
Özbekiston suv xöjaligi vaziri

Yuqoridagi fikrlar Şavkat Hamroyevning Kun.uz'ga bergan intervyusidan, “Nuqtayi nazar” rukni uçun ajratib olindi.