O‘zbekiston | 15:14 / 11.10.2025
22854
2 daqiqa o‘qiladi

Eng ko‘p lavozimlar qaysi vazirliklarda qisqartirilishi ma’lum bo‘ldi

Eng ko‘p lavozimlar Soliq qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi, Qishloq xo‘jaligi va Adliya vazirliklarida qisqartiriladi. 

O‘zbekistonda oktyabr oyi oxirigacha 2141 nafar davlat xizmatchisini ishdan bo‘shatish, ularning ishini sun’iy intellekt tizimi egallashi rejalashtirilmoqda, deb xabar beryapti "Dunyo" Ukrainaning "Korrespondent" va "TSN" nashrlariga tayanib.

Qayd etilishicha, qaror davlat boshqaruvini modernizatsiya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida qabul qilingan. Davlat organlarida zamonaviy raqamli texnologiyalar va bozor mexanizmlarini joriy etish, davlat funksiyalarini bajarishga xususiy sektorni jalb etish shular jumlasidandir.

"O‘zgartirishlardan maqsad milliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati samaradorligi va samaradorligini oshirish hamda ma’muriy xarajatlarni kamaytirishdan iborat", – deyiladi maqolada.

Eng ko‘p lavozimlar Soliq qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi, Qishloq xo‘jaligi va Adliya vazirliklarida qisqartiriladi. Ishdan bo‘shatish boshqa idoralarga ham ta’sir qiladi. "Hujjatga ko‘ra, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi ishdan bo‘shatilgan ishchilarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashishlari shart", — deyiladi Ukraina OAV tarqatgan maqolalarda.

Mavzuga oid