Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish sexi omborxonasida yong‘in sodir bo‘ldi
Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
2019 yilning 13 sentabr kuni soat 13:44 da Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani Mirobod MFY Charog‘on ko‘chasida joylashgan “THE BEST PRODUKT” MChJga qarashli to‘shak ishlab chiqarish sexida yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv qismiga xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotiga ko‘ra, xabar asosida voqea joyiga 6 ta yong‘in o‘chirish avtoekipajlari jalb etilgan. Chaqirilgan manzilga birinchi bo‘linmalar soat 14:05 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 14:15 da qurshab olinib, soat 14:30 da to‘liq bartaraf etilgan.
Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in oqibatida sex omborxonasining 80 kv. metr maydonda shifti va ichki qismidagi eski mato chiqindilari yongan. Yong‘indan omborxonaning 360 kv. metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘inning taxminiy sababi - elektr simlarining qisqa tutashuvi. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
21:34 / 08.04.2026
Toshkent viloyatida 400 gektar maydonda xalqaro innovatsion tibbiyot shaharchasi barpo etiladi
19:24 / 07.04.2026
Toshkent viloyatida bolani uxlamagani uchun haqoratlab, urgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi
16:08 / 07.04.2026
«Beshqo‘rg‘on» bozori yong‘indan keyin vaqtincha yopildi
09:00 / 07.04.2026