Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Aramco zavodiga hujum neft eksportiga ta'sir ko‘rsatmasligini ma'lum qildi
Saudiya Arabistonidagi yirik neftni qayta ishlash zavodi Saudi Aramco’ga uyushtirilgan dronlar hujumi mamlakatning neft eksportiga ta'sir qilmaydi. Bu haqda mamlakat televideniyesida o‘qib eshittirilgan hukumat bayonotida aytildi.
«Bu hujum sabab mamlakat eksporti kamayib yoki to‘xtab qolmaydi. Saudi Aramco bundan keyin sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday favqulodda holatga tayyor bo‘lish choralarini ko‘rmoqda», deyiladi bayonotda.
Oldinroq dronlar hujumi sabab Saudiya Arabistoni energetika vaziri shahzoda Abdul Aziz bin Salmon mamlakatning neft qazib olish hajmi 50 foizga qisqarganini aytgandi. 13 sentyabrdan 14 sentyabrga o‘tar kechasi Saudiyaning ikki yirik neftni qayta ishlash zavodiga dronlar yordamiga hujum qilingan, Yamandagi husiychilar ushbu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgandi.
Akbaykedagi zavodda ko‘plab xorijlik mutaxassislar faoliyat yuritishi sabab G‘arb nashrlari bu hujumga jiddiy qarashga undamoqda.
Mavzuga oid
23:00 / 18.05.2026
Pokiston Saudiya Arabistoniga 8000 askar yubordi
21:37 / 17.05.2026
Saudiyada Qurbon hayiti sanasi e’lon qilindi
20:00 / 17.05.2026
Hujum qilmaslik pakti: Saudiya yangi tartibni taklif qilmoqda
20:50 / 16.05.2026