Azaldan xalqimiz ilmga, xususan diniy ilmlarga rağbat bildirib kelgan. Keyingi yillarda mömin-musulmonlarning dinni örganişga bölgan qiziqişi yanada ortib bormoqda. Öz örnida davlatimiz tomonidan musulmonlarning diniy ehtiyojlarini qondiriş uçun bir qança işlar amalga oşirilmoqda. Özbekiston musulmonlari idorasi ham bunga öz hissasini qöşib kelmoqda.

Kun.uz tahririyati Özbekiston Musulmonlar idorasi Fatvo bölimi boşliği Homidjon Işmatbekov bilan fatvo masalasi, uni söraş odoblari, fatvo beruvçining mas'uliyati haqida suhbat uyuştirdi.

Fatvo nima va uning qanday turlari bor?

Fatvo arabça söz bölib, savolga javob beriş degan ma'noni bildiradi. Uşbu söz Qur'oni karimda ham keladi: odamlar Yusuf alayhissalomning oldiga kundalik iqtisodiy, maişiy turmuş taşvişlari böyiça savol sörab kelganda, u kişi bu savollarga javob bergan. Keyinçalik bu söz diniy-ilmiy istilohga (atama sifatida — tahr.) aylangan va dinga oid savol-javobga nisbatan işlatiladi. Demak, bugungi kunda berilgan savollarga diniy nuqtai nazardan javob beriş fatvo hisoblanadi.

Ulamolar diniy fatvoni bir neça turga bölişgan. Birinçisi, Payğambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan söralgan savollar va ularga berilgan javoblar. Bu savol-javoblar şariatimizning joriy etilişi uçun bölgan. Sahobalar tahorat, savdo-sotiq va boşqalar haqida savol berganda, Alloh taolo ul zoti bobarakotga Qur'ondan oyat nozil qilgan yoki özlariga bildirilgan ilhom — hadislar orqali javob berganlar va bu şariatimizga kirgan. Buni “Fatvoi taşri'iy”, ya'ni şariatni joriy qiluvçi fatvolar deyiladi. Bu faqat Payğambarimiz alayhissalom davrlariga xos sanaladi.

Keyigisi fuqaholarning fatvosi. Ya'ni mazhabboşilar, mujtahid ulamolarning asarlari, xususan bizning hanafiy mazhabimizdagi yozilgan kitoblardagi masalalar hammasi fatvo. Ular oyatdan, hadisdan istinbot qilib çiqarişgan. Masalan, tahorat oyatidan uning farzlarini — törtta farzi bor — çiqarganlar. Buni Payğambarimiz alayhissalom törtta farzi bor deb aytmaganlar, balki ulamolarimiz istinbot qilib çiqarib, musulmonlarga bayon qilib berganlar.

Kitoblar masalasiga qarab boblarga ajratilgan: namoz bobi, nikoh bobi, taloq bobi kabi. Ulardagi masalalar bayoni fatvo hisoblanadi. “Fatvoi qozixon”, “Fatavoi olamgiriya” va boşqa yuzlab fatvo kitoblarini keltiriş mumkin. Bular savol-javob tarzida bölmay, balki egallagan ilmlariga tayanib bayon qilib berişgan.

Uçinçisi, juz'iy masalalarga fatvo. Endi bu savol-javob tarzida böladi. Bir odam kelib olimdan savol söraydi va unga javob beriladi.

Fatvoni kim söraydi va kimdan söraladi?

Diniy ilmga ega bölmagan, Qur'oni karim, hadisi şariflarni körib yoki biror bir şar'iy masala kitoblarini öqib undan hukmini ololmaydigan avom odam diniy masalaga duç kelganda özidan bilimi yuqori, fatvo berişga salohiyati bor, ilmli kişidan, olimdan söraydi. Ya'ni ilmi yöq kişi ilmli odamdan söraydi.

Fatvo beriş öta nozik masala bölganidan Payğambarimiz sollallohu alayhi va sallam bir neçta hadislarida fatvo berişda ehtiyot bölişga çaqirganlar. Ulardan birida şunday deyiladi: “Fatvo berişga jur'atliroğingiz dözaxga kirişga jur'atliroğingizdir”. Qaysi banda dözaxga kirişdan qörqmayman deya oladi. Heç kim aytmaydi, Alloh asrasin. Ilmi bölmasa, ilmsiz fatvo beriş özini dözaxga taşlaş bilan barobardir. Vaholanki, sahobalardek ilmli zotlar ham şu hadisni bilgani uçun ehtiyot bölişgan. Garçi bilsalar-da yuqoridagi hadis hurmatidan boşqa bir sahobaga söraş uçun yuborganlar.

Fatvo beruvçining sifatlari qanday böladi?

Fatvo beruvçi kişi, avvalo, Qur'on ilmini yaxşi bilişi, hatto yodlagan bölişi kerak. Çunki masalaga javob, birinçi, Qur'ondan olinadi. Keyin, Payğambar alayhissalotu vassalom hadislarini bilişi, ulamolarning fatvo kitoblarini öqigan bölişi, ularda har bir masalada nima deyilganini bilişi lozim. Eng muhim nuqtalardan biri zamonasini, uning urf-odatlarini, odamlarning ijtimoiy va boşqa jihatlarini bilişi zarur.

Qaysi taşkilot yoki muasssasa rasman fatvo beriş huquqiga ega?

Özbekiston Musulmonlari idorasi Özbekistonda fatvo çiqaruvçi yagona taşkilot hisoblanadi. Omma uçun kerak bölgan, muhim va dolzarb masalalarga fatvoni Özbekiston Musulmonlari idorasi e'lon qiladi. Musulmonlari idorasida ulamolar kengaşi bor va unga Muftiy hazratlari raislik qiladi. Özbekiston xalqi uçun umumiy fatvolar beriladi. Undan taşqari, idora tarkibida fatvo bölimi ham bor. Unda fuqarolarning murojaatlariga, savollariga javoblar beriladi. Bu yerda musulmonlar yozma, oğzaki yoki telefon orqali, şuningdek, idoraning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalariga savollar bilan murojaat qilişlari mumkin. Fatvo bölimi muayyan fatvo beriş bilan şuğullanadi. Şuningdek, Musulmonlar idorasining viloyatlardagi vakilliklari, madrasalar, masjid imomlarining ham 50 ga yaqin saytlarida savol-javob rukni bor.

Fatvo söraş odoblari nimalar?

Fatvo söraguvçi odam, avvalo, bilmagan narsasini bilişni va unga amal qilişni niyat qilib söraşi kerak. Olimni mot qiliş yoki bir olimdan söragan narsini qani bu nima der ekan deb söraş odobsizlik hisoblanadi. Söraguvçi odam söragan savoliga javob olganidan keyin şu bilan qanoat qiladi. Özi kutgan javobni beradigan odamni qidirib yurmaydi. Yana eng e'tiborli jihatlardan biri fatvo söraguvçi faqat öz yurtining olimlaridan söraydi. Ulamolarning şunday odobi bölganki, ilm talabida şaharma-şahar kezib, bir joyga borganda, u yerning aholisi boşqa mazhabda bölsa va savol sörasa javob bermagan va özlarining olimlaridan söraş kerakligini aytgan. Şuningdek, fatvo sörovçi kişi fatvo beruvçidan dalil söramaydi. Bu ham fatvo sörovçi odoblaridandir.

Özbekiston Musulmonlar idorasi Fatvo bölimi tavsiyasiga köra, yurtimiz musulmonlari özlari duç kelgan masalalar yuzasidan uşbu ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarga savol yöllab javob olişlari, şuningdek, Fatvo hay'atiga yöllangan savollarga berilgan javoblar bilan batafsil tanişişlari mumkin.

Yigitali Mahmudov suhbatlaşdi
Operator: Muhammadjon Ğaniyev